Aprelda Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush boshlanadi – sobiq mudofaa vaziri

Aprelda Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush boshlanadi – sobiq mudofaa vaziri

Sobiq mudofaa vaziri Igor Girkin (Strelkov) Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush muqarrar deb hisoblaydi.

«Urush (Rossiya va Ukraina o‘rtasida) muqarrar, aprelda boshlanishi ehtimoli ko‘proq. Rossiya va rus xalqi uchun urush hozir boshlangani afzalroq", deb yozdi u VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Sobiq vazirning so‘zlariga ko‘ra, urush yuzaga kelsa, AQSh to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ukrainani qo‘llab-quvvatlamaydi. "Qo‘shma Shtatlar hozirda Ukraina uchun 99 foiz ehtimol bilan jang qilmaydi", - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya harbiylarining Ukraina chegaralarida to‘planishi haqida ma’lum bo‘lgandi. Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni Ruslan Xomchak harbiy mashqlar va mashg‘ulotlar bahonasida askarlarni tortib olishayotganini, ammo bu harbiy xavfsizlikka tahdid solayotganini ta’kidladi. Ukraina tomonining so‘zlariga ko‘ra, 28 ta batalyon taktik guruhi Ukraina va Qrim chegaralari bo‘ylab joylashgan.

Keyinchalik, The New York Times gazetasi Amerika rasmiylariga tayanib, chegaralarga taxminan 4000 rus askarlari joylashtirilganini xabar qildi. Ommaviy axborot vositalari Donbasdagi milisiyalar yangi qurollarni qo‘lga kiritgan, deb yozishdi. Rossiya qurolli kuchlarining Ukraina bilan chegarada ko‘payishi fonida AQSh Qurolli Kuchlarining Yevropa qo‘mondonligi tayyorgarlik darajasini "yaqinda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inqiroz" darajasiga ko‘tardi va Vashington "Rossiya tajovuzi" sodir bo‘lgan taqdirda Kiyevga yordam berishni va’da qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!