Angliya Premyer-ligasining eng qaynoq davriga ham yetib kelyapmiz. Oldimizda bizni boxing day kunlari kutib turibdi. Yil oxirlayotganidan foydalangan holda, APLning 2023 yilgi kalendar jadvalini tuzib chiqdik. Unda "Aston Villa" xuddi hozirgidek kuchli to‘rttalikda turganini ko‘rish mumkin. "Chelsi" esa xavfli zonaga juda yaqin joylashgan. 2023 yil avvalida katta pul evaziga "Chelsi" Enso Fernandes va Mixail Mudrikni sotib olgan edi. Ammo mavsum oxirida bu jamoa o‘z tarixidagi eng yomon finishlaridan birini qayd etdi. "Chelsi" 2023 yilgi mavsumlarda faqat 8 ta g‘alaba qayd etdi. Jamoani esa 4 xil murabbiy boshqardi. Buning oqibatida o‘tgan mavsum 12 o‘rinda tugadi. Bunisida esa londonliklar 10 pog‘onada turibdi.
Oxirgi marta "Chelsi" 1995-96 yilgi mavsumda yuqori o‘ntalikdan pastda qolgandi. 1993-94 yilda esa bu jamoa mavsumda 14 o‘rinda yakunlaydi. Hozir ham "Chelsi"ning bitmas azoblari davom etmoqda. 2023 yilgi kalendar jadvalida klub 15 o‘rindan joy olib turibdi. Pochettino jamoasi 36 ta o‘yinda 36 ochko yig‘a olgan xolos. Masalan, "Nottingem Forest" va "Kristal Pelas" "aristokratlar"dan yaxshiroq pog‘onada turibdi. Ular 35 ta bahsda 38 ochko to‘plashga erishgan.
Kalendar jadvalda kuchli to‘rtlik o‘tgan mavsum oxiridagi ko‘rinishdan boshqacharoq tus oldi. Xususan, yetakchi 82 ochko to‘plagan "Manchester Siti" bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinda
71 ochko bilan "Arsenal" va "Aston Villa" joylashgan. "Liverpul" esa to‘rtinchi pog‘onada 67 ochko to‘plagan holda turibdi. O‘tgan mavsumda kuchli to‘rtlikda bo‘lgan jamoalar "MYu" va "Nyukasl" beshinchi va oltinchi o‘ringa tushib qolganini ko‘rish mumkin. Ularning o‘rnini egallagan Unai Emeri jamoasi joriy mavsumni ajoyib boshladi. Bu klub 9 ta g‘alaba qayd etib, o‘z uyida mag‘lubiyatga uchramadi. "Liverpul" esa "MYu" bilan bir xil ochkolar yig‘imiga ega. Garchand bu mavsumda ancha qiynalayotgan bo‘lsa ham, Erik ten Xag jamoasi "Nyukasl"dan 7 ochko odimlab keta oldi.
Angelos Postekoglu boshchilik qilayotgan "Tottenxem" bu yilgi natijasiga ko‘ra 8 o‘rindan joy oldi. Jadval oxiridan oltita jamoa ham joy olgan. Ammo ular mavsumlar oralig‘idan kelgan va ketgan klublar sanaladi. Shu sababli ham ularda ochko ancha kam. "Chelsi"dan keyin "Everton" va "Bornmut" bor. Ammo ular Pochettino jamoasidan atigi 1 ochko kam to‘plagan xolos. Ushbu jadval hali bir oy davomida yana o‘zgaradi. Yil oxirrog‘ida kalendar jadvalini qaytadan taqdim etamiz.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.
Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.
Исроил оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, АҚШ расмийлари Ғазо секторида отишмаларни тўхтатиш ва асирларни алмашиш бўйича келишувга эришиш мақсадида Исроилга босим ўтказишга тайёрланмоқда.