Antiqa soliqlar! Burun va quloq uchun soliq to‘larmidingiz?
Hukmdorlar uchun eng qulay pul yig‘ish usuli aholidan soliq undirishdir. Bundan har qancha urinmasin birorta fuqaro qochib qutula olmaydi (“AiF” 2021 y. 4-son).
XIV asrning ikkinchi yarmi dunyo daromad solig‘iga o‘ta boshlaganiga qadar, masalan, Rossiyada jon solig‘i to‘langan. Dehqonmi, meshchanmi, qarimi-yoshmi, go‘dakmi-tirik jon borki, jon solig‘i to‘lashga majbur bo‘lgan. Bunday odamiylikka zid har xil bema’ni soliqlar boshqa joylarda ham amalda bo‘lgan.
Tibetda patriarxal tartib boshqa mamlakatlarga qaraganda uzoqroq hukm surgan. 1926-1927 yillarda soliq undirish shu darajaga yetganki... burun va quloq uchun ham o‘lpon undirilgan. Masalan, burni uzun odamlar burni pachoq odamlarga qaraganda 2-3 marta ko‘p soliq to‘lagan.
Har bir quloqdan bir tanga undirilgan. Qaysidir bechora to‘lay olmasa bitta qulog‘i kesilgan va soliq ikki baravar kamaygan.
1999 yilda Venesiyada jamoat hojatxonasiga kirganlar uchun sayyohlardan pul olish joriy etilgan. Venesiyaliklar uchun esa 2 baravar kam to‘lov belgilangan, ammo oldindan abonement olib qo‘ygan bo‘lmasa, qimmatroq to‘lashga to‘g‘ri kelgan.
Xitoyda 2006 yildan boshlab ovqat yeyish uchun qoshiq o‘rnida ishlatiladigan yog‘och tayoqchalarga soliq joriy etilgan. Hukumat shu tariqa o‘rmonlar kesilishini kamaytirmoqchi bo‘lgan.
Avstriyada tog‘ chang‘isida pastga sho‘ng‘igan har bir kishi, albatta, “gips yig‘imi” to‘laydi. Mabodo sportchi yiqilib jarohat olsa, hukumat davolash uchun oldindan haq olib qo‘yar ekan.
Yangi Zelandiya va Estoniyada qornidan atmosferaga ko‘p metan gazi chiqaradigan sigirlar uchun ichak solig‘i undirishga jiddiy qaralmoqda.
Soliq tarixiga nazar solinsa, bunday bema’ni soliqlar turi ko‘p uchraydi.
T.Shomurodov tayyorladi.