Annalena Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi

Annalena Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok G7 tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvdagi chiqishi chog‘ida Rossiyani butun dunyo bo‘ylab «oziq-ovqat urushi»da aybladi.

U Rossiyani don eksportini to‘sib qo‘yganlikda aybladi va oziq-ovqat inqirozi ham «gibrid urush»ning bir qismi ekanligini aytdi.

Berbokning ta’kidlashicha, G7 davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya) bunga qarshi turishga tayyor va siyosiy javob berishga kelishib olgan.

«Biz yaqinlashib kelayotgan inqirozlarga qarshi turish va tezkorlik bilan harakat qilish mas’uliyatini o‘z zimmamizga olamiz», deydi Germaniya tashqi ishlar vaziri.

Avvalroq BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainadagi vaziyat natijasida oziq-ovqat, mineral resurslar va energiya narxining oshishi global oziq-ovqat inqiroziga sabab bo‘lishi mumkinligini aytgan edi. Shu o‘rinda BMT Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Ukrainadan bug‘doy eksporti uchun Qora dengiz portini ochishni so‘radi.

Mart oyida Rossiya Sanoat va savdo vazirligi tomonidan berilgan eksport shartnomalari bo‘yicha yetkazib berishlar mustasno tariqasida 31 avgustga qadar mamlakatdan don va shakar eksportiga taqiq qo‘ygan edi.

Global qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan «Demeter» tahliliy markazining nuqtai nazaricha, Rossiya bug‘doyiga bir qator mamlakatlarda ehtiyoj borligini hisobga olinsa, ushbu davlat xalqaro maydonda muhim rol o‘ynashda davom etishi shubhasiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!