Anjelina Joli ishtirokidagi “Abadiy” blokbasterining treyleri e’lon qilindi (VIDEO)

Anjelina Joli ishtirokidagi “Abadiy” blokbasterining treyleri e’lon qilindi (VIDEO)

Marvel YouTube kanalida “Abadiy” ("Vechnie") blokbasterining oxirgi treyleri namoyish qilindi.

Film o‘zga sayyoralik o‘lmas irq vakillari ya’ni abadiy yashovchilar haqida hikoya qiladi. Yangi kinokartinada bosh qahramon Yer sayyorasida sirli ravishda 7 ming yildan buyon yashab, Deviantlar hujumidan odamlarni himoya qiladi.

Videorolikda butun dunyo aholisining yarmi qirilib ketgani, qasoskorlarning Tanosga qarshi chiqish voqealari ko‘rsatiladi. Filmda rollarni Anjelina Joli, Salma Xayek, Kumeyl Nandjiani, Djemma Chan, Kit Xarrington, Richard Medden va boshqalar ijro etadi.

Xabarda film joriy yil noyabrda premyera qilinishi ma’lum qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!