Angrendagi bog‘chalarning 18 nafar tarbiyalanuvchisi shifoxonaga yotqizildi

Joriy yilning 13-14 sentyabr kuni Toshkent viloyati Angren shahridagi 1-sonli DMTTda 3 nafar, 10-sonli DMTTda 14 nafar hamda 37-sonli DMTTda bir nafar tarbiyalanuvchilar birlamchi ich buzilishi tashxisi bilan shifoxonaga tushgan. Hozirda barcha tarbiyalanuvchilar shifokorlar nazoratida.
Ushbu holat O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olingan.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi hududiy bo‘limi tomonidan yakuniy ekspertiza xulosasi chiqmaguniga qadar turli ma’lumotlar berilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi Axborot xizmati ma’lumotlarni faktlar asosida tarqatilishini tavsiya etadi.
Yakuniy ekspertiza xulosasi taqdim etilganidan so‘ng, o‘rnatilgan tartibda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.