Angliyadagi inqiroz. Hukumatga qanday savollar bor?

A A A
Angliyadagi inqiroz. Hukumatga qanday savollar bor?

2019 yil dekabr oyida Xitoyning Uhan shahrida paydo bo‘lgan koronavirusning yangi turi Covid-19 ko‘z ochib yumguncha butun dunyoni o‘z ta’siri ostiga oldi. Angliya bugun virusga chalinish holatlari eng ko‘p qayd etilgan Yevropa davlatlari orasida Ispaniya, Italiya, Fransiya va Germaniyadan keyingi o‘rinda joylashgan.

Raqamlar muttasil o‘sib bormoqda

2020 yil 31 yanvar kuni mamlakat shimolidagi York shahrida xitoylik juftlikda ilk bor aniqlangan virus ko‘p o‘tmay Singapurdan qaytgan Britaniya fuqarosida ham aniqlandi. Ushbu holatlardan so‘ng har kun raqamlar muttasil o‘sa boshladi.

Ayni paytdagi holatga ko‘ra, Buyuk Britaniya dunyoda eng ko‘p zararlanish holatlari qayd etilgan o‘nta mamlakat orasida oltinchi, o‘lim darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar orasida esa beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Hozirgacha mamlakatda 108 mingdan ortiq kishida virus aniqlangan, 14 ming 576 kishi esa vafot etgan.

Ushbu raqamlar bilan Angliya epidemiya markazi bo‘lgan Xitoydan o‘tib ketdi. Eng yomoni, agar virus shu sur’atda tarqalishda davom etsa, aprel oyi oxiriga borib mamlakatda kasallikka chalinganlar soni 150 mingdan, halok bo‘lganlar soni esa 20 mingdan oshib ketishi mumkin. Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib aytish mumkinki, Sovid-19 ko‘plab mamlakatlar qatori Angliya uchun ham dahshatga aylandi.

«Poda immuniteti» ish bermadi

Mamlakatning bu kabi ayanchli holga tushib qolishining asosiy sababi epidemiyaga qarshi kurashda fevraldan mart oyi o‘rtalariga qadar «poda immuniteti» usulidan foydalanilganidir. Ushbu xavfli siyosat virusning nazorat ostida yoyilishini nazarda tutar, unga ko‘ra, jamiyatning 60 foizdan ortig‘i, ya’ni kamida 35 million fuqaro virusdan himoyalanishi tusmol qilingandi. Unga ko‘ra, jamiyatning asosiy qismi virus yuqtirib, unga qarshi immunitet hosil qilib, epidemiya asta-sekin bartaraf etilishi kerak edi. Milliy sog‘liqni saqlash tizimi (NHS) doirasidagi kasalxonalarda  jonlantirish bo‘limlari va nafas olish uskunalari yetarli emasligiga qaramay, ushbu siyosatdan ma’lum muddat voz kechilmay turilgani bugungi falokat ko‘lamining sezilarli darajada kengayishiga olib keldi.

Mart oyi o‘rtalariga kelib, mamlakatda virusga chalinish holatlari keskin ortib ketgani va agar kechikilsa, yuz minglab o‘lim sodir bo‘lishi mumkinligini ifoda etuvchi ilmiy xulosalar e’lon qilinishi ortidan jamoatchilik orasida keskin munosabatlar paydo bo‘ldi. Natijada Jonson hukumati o‘z fikrini o‘zgartirishga va virusga qarshi kurashda qat’iy choralar ko‘rishga majbur bo‘ldi. Ammo bu paytga kelib mamlakatga kirish-chiqishni taqiqlash, jamoat joylarini yopish, maktablarga ta’til berish kabi chora-tadbirlarni qo‘llashda vaqtdan boy berilgandi.

Inglizlarning eng ojiz nuqtasi nima?

Hukumatning epidemiyaga qarshi kurashdagi usulni o‘zgartirganidan xalq mamnun bo‘ldi, deb aytish mumkin. Zotan, bir ilmiy tadqiqot kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan va natijalari 9 aprel kuni e’lon qilingan so‘rovnomaga ko‘ra, «Sizningcha, hukumat epidemiyaga qarshi kurashda to‘g‘ri yo‘l tutdimi?» degan savolga 12-14 mart kunlari 49 foiz odam «Ha» deb javob bergan bo‘lsa, 2-4 aprelda o‘tkazilgan ayni shu mazmundagi  so‘rovnomada bu ko‘rsatkich 66 foizga ko‘tarilgan.

Buyuk Britaniyaning demografik tarkibi ham epidemiya sharoitida muhim ahamiyatga ega. Chunki mamlakat aholisining taxminan 30 foizi 55 va undan yuqori yoshdagi fuqarolardan iborat bo‘lib, bu – epidemiyaga qarshi kurashda inglizlarning eng ojiz nuqtasidir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) keksa yoshdagi odamlar va surunkali kasallikka chalingan insonlar koronavirusga ta’sirchan ekanini ta’kidlab turgan bir paytda Angliya aholisining uchdan bir qismi xavf guruhida qolayotgani hisobga olinsa, hozirgi o‘limlar soni yuqoriligi u qadar ham ajablanarli emas ekani oydinlashadi.

Sog‘liqni saqlash tizimi inqirozga yuz tutdi

Bugun mamlakatda epidemiya bilan kurashishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan sog‘liqni saqlash tizimi butkul inqirozga yuz tutdi. Zotan, ayrim shaharlarda kasalxonalar yetarli emasligi sabab dala shifoxonalari tashkil qilingani, nafaqaga chiqqan tibbiyot xodimlari qayta xizmatga chaqirilgani, ba’zi shifoxonalarda muhofaza vositalari yetishmovchiligi sabab chiqindi paketlardan foydalanilgani, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan shifoxonalarga jo‘natilgan niqoblarning qo‘llanish muddati o‘tib ketgani kabi misollar ham buni tasdiqlab turibdi.

Shuningdek, bemorlar hayotini saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jonlantirish bo‘limlari va nafas olish moslamalari miqdori talabni qondira olmasligi, Xitoydan olib kelingan test to‘plamlari yaroqsiz chiqqani tufayli kunlik testlar soni sezilarli ravishda kamayib ketganini ham bu «ro‘yxat»ga ilova qilish mumkin. Qolaversa, har gal saylov jarayonlarida kun tartibiga chiquvchi, keyin esa tamoman unutiluvchi sog‘liqni saqlash tizimi muammolari ham vaziyat shu qadar ayanchli tus olishiga sabab bo‘ldi.  

Tushkunlikning tub ildizi qayerda?

Ta’kidlash joizki, Angliya Ikkinchi jahon urushidan beri bunday dahshatli ijtimoiy va tibbiy inqiroz bilan ro‘baro‘ kelmagandi. Shu bois ham jamiyatda jiddiy tashvish va tushkunlik paydo bo‘ldi. Virus tufayli hayotdan ko‘z yumgan insonlar soni ko‘pligi, doimiy ravishda uyda o‘tirish majburiyati, ijtimoiy munosabatlar cheklangani kabi holatlar ushbu tushkunlikning tub ildizlaridir.

Bundan tashqari, raqamli platformalarda tarqatilayotgan yolg‘on xabarlar va fitna nazariyalari ham odamlarning umidsizligiga sabab bo‘lmoqda. Epidemiyaning qancha vaqt davom etishi va hayot qachon normal holatga qaytishi kabi savollarga aniq javob berilmaguncha ushbu pessimistik kayfiyat saqlanib qolishi kutilmoqda. Biroq ko‘plab xayriya tashkilotlari va ba’zi munisipalitet hamda shahar kengashlari ushbu mashaqqatli kunlarda muhtojlarga yordam berish bo‘yicha bir qator kampaniyalarni tashkil etish orqali o‘zaro birdamlik tuyg‘usini kuchaytirishga harakat qilishmoqda.

«Boshqa bir kelajak ham bor»mi?

Angliya epidemiya sababli og‘ir zamonlarni boshdan kechirayotgan bir paytda, mamlakatdagi asosiy muxolifat yetakchisi o‘zgarganini ham nazardan qochirmaslik lozim. O‘tgan yilning dekabridagi navbatdan tashqari saylovlarda mag‘lubiyatga uchragan Ishchilar partiyasining sobiq rahbari Jeremi Korbin mag‘lubiyat uchun javobgarlikni to‘liq o‘z zimmasiga olganini e’lon qildi va partiya rahbarligidan ketishini bildirdi.

Shu munosabat bilan 57 yoshli Key Starmer Sovid-19 dahshati soyasida 4 aprel kuni «Boshqa bir kelajak ham bor» shiori bilan Ishchilar partiyasining yangi rahbari etib saylandi. Ayni paytda epidemiya sabab yuzaga kelgan vaziyat tufayli  hukumatni nishonga olmayotgan Starmer virus bartaraf etilishi hamon «poda immuniteti» va sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar uchun hukumatni ayovsiz savollar o‘qiga tutishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Hasanboy Do‘smatov navbatdagi rejasi haqida gapirdi va pulni nimaga sarflashini aytdi

Кеча Жаҳон чемпионатида ўзининг иккинчи олтин медалини қўлга киритган Ҳасанбой Дўсматов финалдан кейинги таассуротлари билан ўртоқлашди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Avstraliyada Xanuka bayramini nishonlayotgan yahudiylarga hujum yuzasidan Isroil bosh vaziri munosabat bildirdi

Сизнинг ҳукуматингиз эса антисемитизмга қарши ҳеч нарса қилмади, деган Нетаняху.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.