Angliyada artritga qarshi dori "COVID-19" ni davolashda sinovdan o‘tkazilmoqda

Angliyada artritga qarshi dori "COVID-19" ni davolashda sinovdan o‘tkazilmoqda

Angliyalik olimlar artrit kasalligini (bo‘g‘imlar yallig‘lanishi) davolashda tajribadan o‘tkazilayotgan otilimab deb nomlangan dori vositasini koronavirusni davolash uchun ham sinovdan o‘tkazishmoqda. Ushbu dorini birinchi bo‘lib qabul qilgan bemor ayni paytda Manchester Qirollik kasalxonasida davolanmoqda.

Ushbu tadqiqotga GlaxoSmithKline nomli dori ishlab chiqaruvchi kompaniya homiylik qilayotgan bo‘lib, unga doktor Andi Martin boshchilik qilmoqda.

“Ushbu tadqiqotda COVID-19 tufayli jiddiy o‘pka yetishmovchiligini boshidan kechirayotgan va havo ventilyatorlaridan foydalanayotgan bemorlar qatnashadi. Biz bu o‘rganishlarni otilimab dori vositasi koronavirusning o‘pkaga yetkazgan zararini yengillashtira oladimi yoki yo‘q, degan savolga aniqlik kiritish uchun olib bormoqdamiz. Otilimab’ning o‘zi ayni paytda oyoqlardagi artrit kasalligini davolovchi vosita sifatida tekshiruvlardan o‘tkazilayotgan dori hisoblanadi” deydi Andi Martin.

GlaxoSmithKline kompaniyasining vise prezidenti Kristofer Korsiko ushbu ilmiy izlanishlar haqida shunday deydi:

“Biz koronavirus pandemiyasiga yechim topish uchun qattiq ishlashda davom etmoqdamiz. Xususan,COVID-19 ga chalinganlarni davolash uchun ehtimoliy dorilarni sinovdan o‘tkazmoqdamiz. Bizga ma’lumki, koronavirusni yuqtirib olganlarning immun tizimi jiddiy qiyinchilikka duch keladi. Bu holat ularning kasalxonaga yotqizilishlari yoki o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Otilimab dorisi bunday bemorlarni o‘limdan asrab qoladi, deb ishonmoqdamiz”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!