Andijonda yarim tunda niqobli jinoyatchilar qo‘lga olindi

Andijonda yarim tunda niqobli jinoyatchilar qo‘lga olindi

Andijon. Xo‘jaobod tumani IIBga fuqaro G.D.,ning uyiga bir guruh shaxslar bostirib kirishi haqida tushgan xabarga asosan, IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida 2020 yil 18 may kuni soat 00:10 larda  pichoq bilan qurollangan, yuziga niqob taqib olgan, 3 nafar noma’lum shaxslar G.D., ning Xo‘jaobod tumani Ahillik ko‘chasidagi raqamsiz uyiga pul talab qilish uchun bostirib kirgan vaqtida, 3 nafar noma’lum shaxslar pistirmada bo‘lgan ichki ishlar xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatib, ularning 1 nafari hodisa joyidan qochib yashiringan, qolgan 2 nafari esa hodisa joyida qo‘lga olingan.

Hodisa joyida ushlangan shaxslar 18 yoshli N.X. va 19 yoshli J.B.,lar ekanliklari aniqlandi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, 3-ishtirokchi tuman hududi markazi tomon harakatlanayotgan vaqtida ushlangan, u 19 yoshli A.I., ekanligi aniqlanib, yonidan 1 dona xo‘jalik pichog‘i, 1 dona niqob ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida 3 dona tibbiyot niqoblari, 3 dona turli xajmdagi xo‘jalik pichoqlari, 2 dona shapka, 1 dona jemfer, 2 dona uyali telefonlar ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan N.X., J.B. va A.I.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda ular prosessual tartibda ushlanganlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!