Andijonda o‘quvchi qizni poyezd urib ketgandi. Unga «o‘sha kuniyoq shifoxonadan uyiga javob berilgani» haqidagi prokuratura xabari yolg‘on bo‘lib chiqdi

A A A
Andijonda o‘quvchi qizni poyezd urib ketgandi. Unga «o‘sha kuniyoq shifoxonadan uyiga javob berilgani» haqidagi prokuratura xabari yolg‘on bo‘lib chiqdi

Andijonning Izboskan tumanida 11 fevral kuni soat 9:57 atrofida «Kuyganyor» va «Poytug‘» stansiyalari oralig‘idagi temiryo‘lda 2003 yilda tug‘ilgan, 9-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Nurjahon Turg‘unovani poyezd urib ketgani haqida xabar berilgan edi. Farg‘ona transport prokuraturasi axborotiga ko‘ra, qiz dugonasi bilan temiryo‘l bo‘ylab suhbatlashib kelayotgan bo‘lgan hamda teplovozning ogohlantirish signaliga e’tibor bermagan; ta’kidlanishicha, teplovoz keskin tormoz berib to‘xtayotgan vaqtida o‘smir qiz ehtiyotsizligi sabab teplovozning chap narvoniga urilib ketgan.

«Jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilganida unga bosh miya chayqalishi va bosh tepa qismida 2 santimetr yoriq bo‘lgan jarohat aniqlangan. O‘smir qizga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilgach, o‘sha kunning o‘zidayoq uyiga javob berilgan», — deyiladi Farg‘ona transport prokuraturasining 13 fevraldagi axborotida. Biroq prokuraturaning ushbu axborotini ishonarli deb bo‘lmaydi — «Daryo» muxbiri Umidjon Mamarasulovning xabar berishicha, o‘quvchi qiz shifoxonaga og‘ir ahvolda olib kelingan, 14 fevralda operasiya qilingan va hali ham shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

Voqea dars vaqtida yuz bergan

Nurjahon Turg‘unova birinchi soat darsidan so‘ng 8-sinfda o‘qiydigan dugonasi Hafiza Tillayeva bilan maktabdan chiqib ketgan. Qizlar maktabdan beruxsat, hech kimni ogohlantirmay, o‘zboshimchalik bilan chiqib ketishganini o‘zlari ham tasdiqlashmoqda. Nurjahonning sinf rahbari Nafisa Mirzamatovaning ta’kidlashicha, o‘quvchisi ikkinchi va uchinchi soat darslarida qatnashmaganidan so‘ng, uni izlashga tushgan.

«Birinchi soatda navbatchi yo‘qlamaga kirganda u darsda bo‘lgan. Ikkinchi soat darsida kech qolganlar va darsga kelmaganlar haqida so‘rash uchun kirganimda, Nurjahonning ko‘chaga chiqib ketganini aytishdi. Ikkinchi soat darsim borligi sabab darsga kirib ketdim. Uchinchi soatda sinfga o‘zim dars o‘tishim kerak edi — shunda ham uning yo‘qligi uchun havotirlanib, 15 daqiqacha qidirib, topolmaganimdan keyin 27 bolaga dars o‘tdim», — deydi Mirzamatova.

To‘rtinchi soat boshlanishi arafasida sinf rahbari a’lochi va faol hisoblangan o‘quvchisini qidirishga jiddiy kirishib, ko‘chaga chiqib ketayotganida qo‘l telefoni jiringlab qolgan. «Zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga kelishimni so‘rashdi... Nurjahon bilan operasiyadan keyin suhbatlashganimda, nima bo‘lganini aytib, uzr so‘radi. O‘quvchim farzandimdek, shu bois hali ham o‘zimga kelolmayapman», — deya qo‘shimcha qildi o‘qituvchi.

Qizlar dars vaqtida maktabdan qanday qilib chiqib ketgan?

Qizlar o‘qiydigan Izboskan tumanidagi 9-maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Shahzoda Soliyevaning so‘zlariga ko‘ra, Nurjahon va Hafiza maktabdan ko‘chaga bino ortidagi devordan oshib chiqib ketgan, «shu sababli ham navbatchilar ularni ko‘rmagan».

«Maktabimizga ikki tomondagi darvozadan kiriladi. Qizlarning asosiy eshikdan chiqib ketganini hech kim ko‘rmagan. Menimcha, ikkinchi darvoza yoki bino ortidagi devordan oshib o‘tib, maktabdan chiqib ketishgan. Aks holda, navbatchilar ko‘rganida, ularni qaytarib, darsga kirgizib yuborardi», — dedi u.

Nurjahon va Hafizaning so‘zlari esa maktab direktori o‘rinbosarining aytganlarini rad etmoqda — ular ko‘chaga asosiy darvozadan chiqib ketganini, o‘sha vaqtda eshik oldida navbatchi o‘qituvchilar bo‘lmaganini ta’kidlamoqda.

«Tanaffus bo‘lishiga ikki-uch daqiqa borligi sabab, eshik oldida navbatchi yo‘q edi. Bundan unumli foydalanib, hech kimga bildirmay chiqib ketdik», — dedi Nurjahon. «Tashqariga chiqish uchun bitta eshik bor. Odatda o‘g‘il bolalar devor oshib darsdan qochadi. Qizlar uchun bu imkonsiz — devor oshishga kuchimiz ham yetmaydi», — deya qo‘shimcha qildi Hafiza.

«Dadamga sovg‘a olmoqchi edim»

Nurjahonning aytishicha, 13 fevral dadasining tug‘ilgan kuni bo‘lgan, shu munosabat bilan u dadasi va akasi tomonidan «tushlik va boshqa xarajatlar uchun berilgan pullardan yiqqan mablag‘i»ga sovg‘a olmoqchi bo‘lgan. «Oyijonimga maslahat solgandim, bozorga borishimga ruxsat bermadilar», — deydi u. Buni onasi Inoyatxon Qodirova ham tasdiqladi. «Uydan maktabga chiqib ketayotib, bozorga borib dadasi uchun sovg‘a olaman degandi, ruxsat bermagandim. ‘Xo‘p’, deb chiqib ketgandi», — dedi ona.

Onasiga «xo‘p» deganiga qaramay, Nurjahon birinchi dars tugamasidan, o‘zining aytishicha, «o‘zboshimchalik qilib», qo‘shnisi Hafiza bilan birga bozorga otlangan, lekin bozordagi do‘konlardan izlagan narsasini topolmay, maktab tomon qaytishni boshlagan. «Relslarga yetay deganimda uzoqdan poyezd signal chalib kelayotganini ko‘rdim. Yo‘lning narigi tomoniga o‘tishga ulgurganimni eslayman, keyin nima bo‘lganini bilmayman. Ko‘zimni ochganimda atrofimda shifokorlar yurganini ko‘rdim. Poyezdga tegib ketganimni ularning suhbatidan bildim», — deydi Nurjahon.

Hafizaning aytishicha, ular uzoqdan poyezd kelayotganini ko‘rib, tezroq o‘tib ketishga harakat qilishgan. «Men bir qadam oldinda edim, Nurjahon ham yarim-bir qadamcha o‘tishga ulgurgandi. Lekin o‘sha payt poyezd yetib kelib qoldi. Ortga qaraganimda u vagon narvoniga urilib, yo‘lda ag‘anab yotgandi. Unga yordam berishga harakat qildim, shu vaqt tumonat odam to‘plandi... Qolganini eslolmayman. O‘zimga kelganimda shifoxonada edim», — deydi 8-sinfda o‘qiydigan Hafiza.

Ikkala qiz ham bir fikrni yakdil takrorladi: «Eng katta xatoimiz — ustozlarimizdan so‘ramay chiqib ketganimiz. Kattalarning gapiga kirmaganimiz uchun endi jabrini ko‘ryapmiz. Bundan afsusdamiz».

«Bemor og‘ir holatda, qo‘l-oyoqlarida sezgi va harakat yo‘q edi»

Farg‘ona transport prokuraturasining axborotida jabrlanuvchi Nurjahon Turg‘unova shifoxonaga olib borilganida unga bosh miya chayqalishi tashxisi qo‘yilgani, boshining tepa qismida ikki santimetr yoriq bo‘lgan jarohat aniqlangani, qizga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilgach, shu kunning o‘zida unga uyiga javob berilgani ta’kidlanadi. Biroq «Daryo» muxbirining o‘rganishlari prokuratura bayonotini mutlaqo rad etdi — qizning ahvoli yetarlicha og‘ir bo‘lgan, shu boisdan u 14 fevral kuni operasiya ham qilingan.

Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filiali bosh shifokori Azizbek Mamadiyevning aytishicha, bemor Nurjahon Turg‘unova 11 fevral kuni poyezd urib ketishi oqibatida shikast olib, Izboskan tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. U shu yerning o‘zida SAS tizimi orqali neyroxirurg tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, reanimobilda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining travmatologiya bo‘limiga olib kelingan.

Bemorning holati og‘ir bo‘lgani bois u zudlik bilan neyroreanimasiyaga yotqizilgan, bosh miya va bo‘yin sohasi multispiral kompyuter tomografiyasi tekshiruvidan o‘tkazilgan. «Olib kelinganida umumiy ahvoli og‘ir, qo‘l va oyoqlarida sezgi va harakatlar yo‘q edi. Bemorga professor K.Xudoyberdiyev tomonidan tashxis qo‘yilib, zudlik bilan operasiya belgilangan. Operasiya 14 fevral kuni o‘tkazildi», — deydi bolalar neyrotravmatologiya bo‘limi vrach-neyroxirurgi Soyibjon Jabborov.

«Daryo» muxbirining Nurjahonga qarayotgan shifokorlarga asoslanib ma’lum qilishicha, «ayni paytda Nurjahonning holati RSHTYOIMga olib kelingan vaqtdagiga nisbatan yaxshi, u shifokorlarning doimiy nazoratida». Lekin Farg‘ona transport prokuraturasi axborotida ta’kidlanganidek, hali uyiga javob berilmagan va u RSHTYOIMda qolmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

AQSh Eron neft eksportining 90 foizini nazorat qiluvchi Xark orolini egallashni rejalashtirmoqda

Бу ҳақда Axios хабар берди.

Eronning yangi oliy rahbari saylandi, ammo...

Эрон Экспертлар кенгаши мамлакатнинг янги олий раҳбарни сайлади, деб хабар берди Эроннинг Mehr ахборот агентлиги кенгаш аъзоларига таяниб.

Amerikaliklar Trampning o‘g‘lini urushga yuborishni talab qilmoqda

Bild нашрининг хабар беришича, минглаб америкаликлар Доналд Трампнинг ўғли Берронни ҳарбий хизматга чақиришни талаб қилмоқда.

BMTda uyat va bema’nilik teatri

Жанговор ҳаракатларни зудлик билан тўхтатишга чақирувчи ҳужжат қабул қилинмади.

"Suv ostidan uchiriladigan va soniyasiga 100 metr tezlikka ega": Eron yangi turdagi raketalarini ishga solmoqchi

Эрон яқин кунларда жавоб зарбалари учун янги турдаги ракеталардан фойдаланиши мумкин.

MMA afsonasi Trampning Eron haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi

Ўтмишдаги машҳур ММА жангчиси Жефф Монсон Эрон футбол терма жамоаси билан боғлиқ вазият ҳақида ўз фикрини билдирди.

Eron Isroilga o‘ta og‘ir ballistik raketalar bilan kuchli hujum uyushtirdi

Эрон Исроил ҳудудига ўта оғир баллистик ракеталарни қўллаган ҳолда кучли ҳужум уюштирди.

«Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» kiyinish xonasida nimalar bo‘ldi?

«Манчестер Сити» Чемпионлар лигаси доирасидаги «Реал»га қарши сафар ўйинида муваффақиятсизликка учради.

Eron dunyoga o‘z shartlarini qo‘ymoqda

Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Eron AQSh bilan urushni to‘xtatish shartlarini ma’lum qildi

Унга кўра, биринчи навбатда уруш давомида етказилган барча зарар тўлиқ қопланиши керак.

Rossiya, Ukraina va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar "Santa-Barbara" bo‘lib ketdi - Zelenskiy

Мен Украинада яшай оладиган фарзандларим ва невараларим мени эслаб қолишларига ишонаман. Улар мендан уялишмайди

Tramp Eron bilan muzokaralar fonida mem e’lon qildi

Расмда юқорисида Обама Теҳронга пул узатаётгани, пастда эса Трамп қирувчи самолётлар фонида тасвирланган.

Eronda urush: Yangi Zelandiya avtomobillardan foydalanishga cheklovlar kiritmoqchi

Gaspy маълумотларига кўра, мамлакатнинг ёқилғи захиралари атиги 50 кунга етиши мумкин. Бу ҳақда энергетика вазири Shane Jones маълум қилди.

Gvardiola yirik mag‘lubiyatdan keyin Husanovga ishonadimi? "Siti"ning bugungi o‘yin uchun taxminiy tarkibi

"Манчестер Сити" 14 март оқшомида АПЛ 30-турида "Вест Хэм" меҳмони бўлади.

"Jonli konteyner": 410 gr. tillani ichki a’zolariga yashirgancha olib chiqishga uringanlar fosh qilindi

Дастлабки ҳисоб-китобларга кўра, мазкур заргарлик буюмларининг жами қиймати 720 млн сўмни ташкил қилмоқда.

Тезкор тадбир давомида гумонланувчининг ёнидан ҳамда бошқарувидаги автобусдан яна тўққиз дона ўрам, жами 11 ўрамда 5 грамм гашиш гиёҳвандлик воситасини сотиш мақсадида сақлаб келгани аниқланган.

Rossiya Kiyevga hujum uyushtirdi, qurbonlar va yaradorlar bor

Маълумотларга кўра, ҳужумдан кўзланган асосий нишонлар Триполе ИЭС ҳамда Киевни Ривне АЭС билан боғловчи Наливайковкадаги подстанция бўлган.

Alimentdan qochgan otalar

Бюронинг Дўстлик тумани бўлими томонидан қидирув эълон қилинган қарздор Ш.Х. Тошкент вилояти Ўрта-Чирчиқ туманидаги кўмир омборларидан бирида топилди.

MIB tomonidan Uchko‘prik tumanida psixotrop moddalar yo‘q qilindi

Шу боис бундай ҳолатларнинг олдини олиш ва қонун устуворлигини таъминлаш борасида тизимли ишлар олиб борилмоқда.

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida narkojinoyatlar fosh qilindi

Ҳозирда қонунбузарларнинг барчасига нисбатан Жиноят Кодексининг тегишли моддалари билан жиноят ишлари қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди.

FVB xodimi 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi

ФВБ ходимига нисбатан жиноят иши қўзғатилди.

Erondagi mahalliy bayramda aholi AQSh hamda Isroil uchun ramziy tobutlar yasadi

Юришлар жараёнида айрим ҳудудларда портлаш товушлари эшитилган.

Yahudiylar maktabida o‘q uzgan shaxs kimligi ma’lum bo‘ldi

Терговчилар жиноятнинг омилларидан бири — қасос бўлиши мумкин, деб ҳисобламоқда.

Yunusobodda yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Қутқарув экипажлари воқеа жойига соат 11:09 да етиб бориб, ёнғин соат 11:16 да қуршаб олинган ва 11:19 да тўлиқ бартараф этилган.

Minobdagi maktab hujumi: hech kim jazoga tortilmaydi

Эроннинг Миноб шаҳридаги қизни мактабига қилинган ракетали ҳужум ҳеч ким томонидан атайлаб амалга оширилмаган.

Hindistonda Isroil uchun dronlar ishlab chiqaradigan zavodda yirik yong‘in

Сўнгги маълумотларга кўра, фожиа оқибатида заводда бўлган ишчилар ва муҳандислардан камида 50 киши ҳалок бўлган.

Isroil Bayrutga yangi zarbalar seriyasini boshladi

Исроил армияси Байрутдаги нишонларга янги зарбалар сериясини бошлади.

Qirg‘izistonda 2025 yilda internet firibgarlari fuqarolardan 826 mln so‘m o‘g‘irlagan

Бу ҳақда Қирғизистон ички ишлар вазири ўринбосари Нурбек Абдиев маълум қилди.

AQSh "Green Card" lotereyasi qayta boshlanganligini ma’lum qildi

АҚШ Давлат департаменти Green Card (DV-2026) хилма-хиллик визаси лотереяси 2026 йил 10 апрелдан бошланишини эълон қилди.

Bekobodda 11-sinf o‘quvchisining o‘limida gumonlanib yana 4 nafar o‘smir hibsga olindi

Жабрланувчи тиббиёт муассасасига олиб борилган бўлса-да, кўрсатилган тиббий ёрдамга қарамасдан, вафот этган.

Krokus Siti Xolldagi teraktni uyushtirgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Теракт оқибатида 150 киши ҳалок бўлган, 336 киши жароҳатланган, яна 3 киши бедарак йўқолган.

Toshkentda yo‘l o‘tkazgich devori o‘pirilib tushdi

Ҳодиса содир бўлган ҳудуд ўраб олинган, зарур хавфсизлик чоралари кучайтирилган.

Vashingtonda Tramp va Epshteyn tasvirlangan haykal paydo bo‘ldi

Инсталляция “Титаник” фильмидаги машҳур саҳнага ўхшатиб ишланган бўлиб, олтин рангга бўялган.

Qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev Ozarbayjondagi klinikada qo‘lga olindi

Маълум қилинишича, ҳодиса Бокуда жойлашган Bİ ES VİP эстетик клиникасида содир бўлган.