Andijonda suyultirilgan gaz mahsuloti noqonuniy saqlanayotgan “bunker“ faoliyatiga chek qo‘yildi
“Hududgaz Andijon“ gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, gaz ta’minoti bo‘limi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va huquq-tartibot organlari xodimlari hamkorlikda suyultirilgan gaz ta’minotidagi qonunbuzilish holatlarini aniqlash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganishlar natijasida tumanning Poytug‘ shaharchasi «Markaz» MFYda yashovchi fuqaro Y. X. xonadonida 79 dona (33 dona suyultirilgan gaz to‘ldirilgan, 46 dona bo‘sh) maishiy gaz ballonlarini texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ravishda noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlandi.
Shuningdek, xonadonda 3 dona tarozi va gazni avtomobillarga o‘tkazishga moslashtirilgan 6 dona rezina shlanglar borligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi
Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.
Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi
Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.
Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi
Бу ўзгариш ташаббускорлари айнан Африка мамлакатлари бўлди — уларнинг фикрича, эски харита қитъа ҳажми ҳақидаги тасаввурни жиддий бузиб кўрсатади.
