Andijonda ishsizlik 9,1 foizdan 7 foizga tushdi

Andijonda ishsizlik 9,1 foizdan 7 foizga tushdi

Aholining tadbirkorlikdan olayotgan daromadi 1,5 baravarga oshgan.

Davlatimiz rahbari bu ko‘rsatkichlar hali yetarli emasligini, yana 400 ming aholini kambag‘allikdan olib chiqish zarurligini ta’kidladi.

Yangi reyting bo‘yicha Andijondagi bor-yo‘g‘i 461 nafar tadbirkor yuqori baholangani, aholini tadbirkorlikka jalb qilish sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga 335 ming aholini ishli qilish, tadbirkorlik loyihalariga 8 trillion so‘m kredit berish, aholini kichik biznesga keng jalb qilish orqali Xo‘jaobod, Shahrixon, Buloqboshi tumanlarida kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish namunasini yaratish topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!