Andijonda IIB xodimlari fuqarolarni kaltaklagani rostmi?

Andijonda IIB xodimlari fuqarolarni kaltaklagani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida ichki ishlar xodimlari tomonidan fuqarolar kaltaklangani va haqoratlangani aytilgan videolar tarqaldi. Fuqarolar bilan ziddiyatga borganlar Andijon shahar IIO FMB 4-son IIB xodimlari ekanligi aytilmoqda.

Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan bugun, 14 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

«Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan» – deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Andijon viloyati IIB mas’ul xodimlari holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganini, natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!