Andijonda harakatlanib ketayotgan Matiz to‘liq yonib ketdi

A A A
Andijonda harakatlanib ketayotgan Matiz to‘liq yonib ketdi

Andijon shahrida 4 iyun kuni harakatlanib ketayotgan Matiz to‘liq yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat 4 iyun kuni soat 18:14 larda Andijon shahar YU.Otabekov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bo‘ston tumani “Xovash” MFY Uzun ko‘chasida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan A.YA.ning boshqaruvida bo‘lgan, harakatlanib ketayotgan 2006 yilda ishlab chiqarilgan, Matiz to‘liq yonib ketgan.

Yong‘in kelib chiqish sababi: elektr simini qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!