Andijonda fermer ayol qamaldi! Uning aybi nima?

Andijonda fermer ayol qamaldi! Uning aybi nima?

Paxtaobodlik D.M.muqaddam ikki marta sudlanganligiga qaramay, uchinchi bor jinoyatga qo‘l urdi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar bermoqda.

Bu gal o‘zi mehnat qilayotgan xo‘jalikdan bir gektar maydonni T. A.ga poliz ekinlari ekish uchun ajratib berish va’dasi bilan 3 million 200 ming so‘mga «sotdi». Biroq belgilangan vaqt bo‘lsada, yer ajratib berilmaganidan shubha qila boshlagan fuqaro huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat etib, ayolning qilmishlaridan voqif bo‘ldi.

Surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, firibgar yana ikki nafar ayolni chuv tushirib, o‘zlashtirilgan mablag‘ni ehtiyoji yo‘lida sarflab yuborgan ekan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudya katta yordamchisi Kamronshox Rasulovning ma’lum qilishicha, fermer ayolga nisbatan 2 yilu 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Shuningdek, jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplanibgina qolmasdan, uning foydasiga 5 million 160 ming so‘m ham undirib berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!