Andijonda ayanchli holat: bir erkak vafot etdi, ikkichisi kasalxonada

Andijonda ayanchli holat: bir erkak vafot etdi, ikkichisi kasalxonada

Joriy yilning 16 may kuni soat 18:20 larda Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Qiyali MFY hududidan o‘tgan 4R-112 “Farg‘ona xalqa yo‘li”ning 114 km.da haydovchi 1961 y.t. E.R. (erkak) “Lasetti” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holatda boshqarayotib, oldindagi avtomobilni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, qarshisidan o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchi 1994 y.t. B.M. (erkak) boshqaruvidagi “VAZ-2102” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

To‘qnashuv natijasida, “VAZ-2102” rusumli transport vositasi haydovchisi 26 yoshli B.M. shifoxonada vafot etgan. “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovchisi 59 yoshli E.R. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Baliqchi tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!