Andijonda 3 tup g‘arb chinori daraxtlarini kesgan ikki fuqaroga sud hukmi o‘qildi

Andijonda 3 tup g‘arb chinori daraxtlarini kesgan ikki fuqaroga sud hukmi o‘qildi

Joriy yilning 4 aprel kuni Andijon viloyati, Izboskan tumanida yashovchi fuqarolar — A.A. hamda M.I. o‘zaro til biriktirib, uch tup g‘arb chinori daraxtlarini go‘yoki yashash xonadoni uchun xavf tug‘dirayotganligini va qurilish, ta’mirlash ishlariga xalal berayotganligini ro‘kach qilib kesib yuborishgan. Bu orqali ular o‘simlik dunyosiga 131 million 400 ming so‘mlik ko‘p miqdorda zarar yetkazishgan, deya xabar bermoqda Ekologiya vazirligi Axborot xizmati.

Holat Ekologiya vazirligi xodimlari tomonidan o‘rganilib, tegishli hujjatlar prokuraturaga yuborilgan. Prokuratura tomonidan esa A.A. va M.I.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 18 sentyabr kuni daraxtlarni kesganlarga sud hukmi o‘qildi.

Hukmga ko‘ra, uch tup g‘arb chinori daraxtlarini kesganlarning har biriga keltirilgan zararni qoplash bilan birga, 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!