Andijon viloyatining yarmidan ko‘pini elektr bilan ta’minlovchi loyiha amalga oshiriladi

Andijon viloyatining yarmidan ko‘pini elektr bilan ta’minlovchi loyiha amalga oshiriladi

Andijon viloyatining yarmidan ko‘pini elektr bilan ta’minlovchi loyihani amalga oshirish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan kelishuvga erishildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati hamda Xitoyning Zhejiang Commercial Building kompaniyasi bilan yangi kelishuvlarga erishildi. Amaldagi hamkorlik 118 megavatt quvvatdagi 200 million dollarlik GESlar loyihasi bo‘yicha boshlangan.

17 iyun kuni esa rejalar yanada kengaytirilib, Xitoyning Sindzyan-Uyg‘ur avtonom rayonidagi uchrashuvda Andijonda jami 300 megavatt quvvatdagi GESlar qurilishiga kompaniya rahbariyati bilan kelishib olindi.

Ushbu loyiha umumiy qiymati 500 million dollarni tashkil etadi. Birinchi bosqichda 50 million dollar investisiya mablag‘lari o‘zlashtiriladi.

“Loyihaning umumiy quvvati Andijon viloyatining yarmidan ko‘p hududlarini elektr bilan ta’minlashga yetarli sanaladi”, — deyiladi xabarda.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!