Andijon shahrining sobiq hokimi bilan bog‘liq behayo suratlar fotoshop ekan?!

Andijon shahrining sobiq hokimi bilan bog‘liq behayo suratlar fotoshop ekan?!

Andijon hokimiyatida sobiq hokim bilan bog‘liq surat "fotoshop" ekani aytilmoqda. Bu haqda "everyday.uz"  yozmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Dilmurod Rahmatullayev va ayol ishtirokidagi suratlar tarqab ketgan edi. O‘sha vaziyatdan so‘ng Rahmatullayev lavozimidan bo‘shatilgan. 

Bugun hokimiyat matbuot xizmati o‘sha suratlarga izoh berdi. Ularning ta’kidlashicha Rahmatullayev suratlar sabab ishdan bo‘shatilmagan. U o‘z faoliyatida yo‘l qo‘ygan xatolik - fuqarolar murojaatlari bilan ishlamaganligi uchun ishdan ketgan. 

"Ijtiomiy tarmoqlarda o‘sha suratlar tarqalganda men hokim bilan birga edim. U juda hayratlandi va bu "fotoshop" ekanini aytdi. Uni kimdir "shantaj" qilmoqchi bo‘ldi. Men unga ishonaman. Hammasi "fotoshop"da qilingan. U hozirda depressiya holatida. Unga oson emas", - dedi hokimiyat matbuot kotibi Gulshanoy Qo‘chqorova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!