Andijon shahrida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berildi

Andijon shahrida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berildi

Bugun, 7 dekabr kuni soat 04:04 da Andijon shahar “Sa’diy” MFY Eski O‘sh ko‘chasidagi uylarning birida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida shahar FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 04:09 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 04:14 da qurshab olingan va soat 04:40 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida uyning 70 kv.m maydonda shift, tom qismi va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida uyning 180 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!