Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari jinoyat ustida qo‘lga olindi

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari jinoyat ustida qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon davlat tibbiyot instituti uch nafar talabalari boshqa shaxs bilan til biriktirib, xaridorga jami 
1 000 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” dorisini 45 mln. so‘mga sotayotgan vaqtlarida ushlanganlar.

Xuddi shunday, hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tadbirda, fuqarolar K.M. va M.A.lar xaridorga jami 2 625 dona “Tropikamid” dorisini 105 mln. so‘mga sotayotgan vaqtlarida ushlanib, ulardan jami 8 000 dona “Tropikamid” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!