Anatoliy Antonov Qora dengizdagi voqea yuzasidan Davlat departamentini konstruktiv aloqaga chaqirdi

Anatoliy Antonov Qora dengizdagi voqea yuzasidan Davlat departamentini konstruktiv aloqaga chaqirdi

Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov Qora dengizdagi voqea yuzasidan Davlat departamentini konstruktiv aloqaga chaqirdi.

AQSh Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Karen Donfrid bilan maslahatlashuvlardan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda Antonov Qora dengiz osmonida yuz bergan hodisani talqin qilishda tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar saqlanib qolayotganini tasdiqladi. Donfrid sodir bo‘lgan voqea munosabati bilan «qandaydir oqibatlar» haqida ogohlantirdimi yoki yo‘qmi, degan savolga elchi tabassum bilan javob berdi: «Demoqchisizki, u menga tahdid qildimi yoki yo‘qmi?». «Yo‘q, - deb davom etdi Antonov. - Biz bu masala bo‘yicha fikr almashdik, chunki bugun aynan nima sodir bo‘lganligi borasida oramizda ba’zi kelishmovchiliklar mavjud.

»Ammo, menimcha, bu mavzu bo‘yicha konstruktiv suhbat bo‘ldi. Men uning so‘zlarini tingladim. Umid qilamanki, u aytganlarimni tushundi", - dedi rossiyalik diplomat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!