Namanganda koronavirusga chalingan bemorlar davolanuvchi taqsimlash markazida bemorlardan biri vafot etgani to‘g‘risida ularning oila a’zolariga xabar berilgan. Marhumning o‘g‘li otasining jasadini olish uchun shifoxonaga borgan va uning qo‘lida bo‘lgan telefon qayerda ekanligini aniqlash uchun qo‘ng‘iroq qilganida telefonni otasining o‘zi ko‘targan. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» informasion dasturida ma’lum qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida «Ilg‘or» mahallasida yashovchi fuqaro COVID-19’ga chalinganlar shifoxonasida vafot etgani va mayitni yuvib, uning yaqinlariga boshqa jasad berib yuborilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Ushbu ma’lumotni tarqatgan Qobil Mirzayev ismli fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonada haqiqatan ham boshqa kishining jasadi berib yuborilgan.
Mahalla raisi Kamoliddin Mavlonovning aytishicha, marhumning o‘g‘liga rostan ham kasalxonadan otasi o‘lgani to‘g‘risida qo‘ng‘iroq bo‘lgan, biroq mazkur holat kasalxonaning o‘zida hal etilgan.
«23 sentyabr kuni dadam bilan gaplashdik, salomatman dedilar. Oradan 20 daqiqalar o‘tgach, shifokorlar qo‘ng‘iroq qilib, og‘irlashib qoldi deyishdi. Ortga qaytdim. Bo‘lmay qoldi (vafot etdi — tahr.) deyishdi. Shuni orasida bir soat vaqt o‘tdi. Biz o‘sha yerda deb o‘yladik. Telefonlari esimga tushib qoldi va qo‘ng‘iroq qilsam, javob berdilar. ‘Dadangiz tirik qoldilar-ku’ deyishgani uchun hech qanday e’tirozim bo‘lmadi», — deydi «o‘ldi»ga chiqarilgan fuqaroning o‘g‘li.
Taqsimlash markazi shifokorlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, bitta palatada ikkita bir xil familiyali bemor davolangan va ularning yoshi ham bir-biridan 1-2 yoshga farq qilgan. Bemorlarning birida ijobiy o‘zgarish kuzatilgan bo‘lsa, ikkinchisi esa ahvol o‘girlashib, yondosh kasalliklar tufayli vafot etgan.
«Tibbiyot xodimi texnik tushunmovchilik tufayli tirik fuqaroning yaqiniga uning otasi vafot etgani to‘g‘risida xabar bergan. Biroq keyinchalik bu fuqaroning yaqinlari otasi tirik ekanligini aniqlashtirgan. Haqiqatda vafot etgan fuqaro esa patologik anatomiya byurosiga o‘tkazganmiz va belgilangan tartibda zararsizlantirish hamda epidemiologik tozalov ishlaridan so‘ng yaqinlariga beriladi», — deydi Shukrullo Solijonov ismli shifokor.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.
Болани ерда маҳаллий аҳоли вакили топиб олиб, тез ёрдам чақирган. Ҳодиса жиддийлигига қарамай, бола ҳушини йўқотмаган. Унинг қўли синган, умуртқа поғонаси чўзилган
Маълум қилинишича, аёл давлат чегараси чизиғидан 80 метр масофада, чегара ҳудудида ноқонуний равишда бўлиб, Қозоғистон ва Россия чегарасини расмий ўтиш пунктларидан ташқарида кесиб ўтмоқчи бўлган.
1 августдан бошлаб АҚШ президенти Доналд Трамп Жанубий Корея ва Ҳиндистондан олиб кириладиган маҳсулотларга янги бож тўловлари жорий этилишини эълон қилди. Унда икки давлатга турлича ёндашув намоён бўлди.