Ana xolos! Jahon chempionati finalida qo‘lsiz futbolchi gol urgan ekan!

Ana xolos! Jahon chempionati finalida qo‘lsiz futbolchi gol urgan ekan!

E’tiboringizga futbol bo‘yicha birinchi jahon chempionatiga taalluqli faktlarni havola etamiz.

Birinchi jahon chempionati Urugvayda bo‘lgan. Barcha o‘yinlar bitta shaharda — Montevideoda o‘tkazilgan.

Evropaliklar musobaqaga Atlantika orqali suzib kelishni istashmagan. Garcha barcha xarajatlarni tashkilotchilar to‘lagan bo‘lsada, Urugvayga faqat Fransiya, Yugoslaviya, Ruminiya va Belgiya yetib kelgan.

Finaldan oldin jamoalar to‘pni kim o‘yinga kiritishi borasida — argentinaliklarmi yoki urugvayliklarmi — kelishib olishmagan. Har bir bo‘limdan oldin alohida qaror chiqarilgan.

Urugvay hujumchisi Kastroning bitta qo‘li yo‘q edi, ammo bu uning finalda gol urishiga to‘sqinlik qilolmagan.

Finalning oxirgi ishtirokchisi Fransisko Varalyo 2010 yilning 30 avgustida 100 yoshida vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!