Ana xolos! AQSH-Eron muzokaralarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tmasligi mumkin

AQSh va Eron yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarning oltinchi raundini o‘tkazish imkoniyati so‘roq ostida.
Bu haqda CNN o‘z manbalarga tayanib xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Tehron Vashingtonning taklifini "noto‘g‘ri va izchil emas, o‘ta noreal va ortiqcha talablarni o‘z ichiga olgan" deb hisoblaydi.
Ismini oshkor etmagan Eron rasmiysi amerikaliklar doimiy ravishda o‘z pozisiyalarini o‘zgartirayotganini ta’kidladi. Shu paytgacha bu muzokaralarning muvaffaqiyatiga asosiy to‘siq bo‘lib kelgan va hozir bu ishni har qachongidan ham qiyinlashtirmoqda.
Bundan tashqari, u AQSh taklifi tomonlar o‘rtasida avval erishilgan kelishuvlardan farqli ekanligiga e’tibor qaratdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Socialdagi sahifasida Vashington Tehronga yadro dasturi bo‘yicha potensial kelishuv doirasida uranni boyitishga ruxsat bermasligini yozgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 23 may kuni Rimda Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarning beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Muhokamalardan so‘ng muzokaralar jarayonida vositachi sifatida ishtirok etayotgan Ummon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaydiy AQSh va Eron “aniq, ammo yakuniy emas” muvaffaqiyatga erishganini aytdi.