Ana xolos! 2019 yilda respublika bo‘ylab qariyb 143 ming tonna paxta qo‘shib yozilgan
2019 yilda respublika bo‘ylab qariyb 143 ming tonna paxta qo‘shib yozilgan. Shundan 120,6 ming tonnasi paxta ishlab chiqarishlari va klasterlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda «paxta ishi» va qo‘shib yozishlar hamon davom etmoqda. Xususan, Kun.uz tahririyatiga kelib tushgan ma’lumot, respublikaning Surxondaryo, Farg‘ona, Toshkent, Jizzax, Namangan va Andijon viloyatlarida «Paxta-2019» mavsumida yirik miqdorda ko‘zbo‘yamachiliklar bo‘lganini ko‘rsatmoqda.
Hududlar (viloyatlar) kesimida tahlil qilinganda:
Surxondaryoda 71,9 ming tonna (26,5 foiz);
Farg‘onada 37 ming tonna (15,5%);
Toshkentda 22,9 ming tonna (10,4%);
Jizzaxda 7,7 ming tonna (3,7%);
Namanganda 2,6 ming tonna (1,3%);
Andijonda 0,821 ming tonna (0,3%) paxta xomashyosi haqiqatda qabul qilinganga nisbatan ko‘p ko‘rsatilgan.
