Amerikaliklar banklarga ishonmay qo‘ydi

Amerikaliklar banklarga ishonmay qo‘ydi

Katta yoshli amerikaliklarning atigi 10 foizi Amerika banklari va boshqa moliya institutlariga “yuqori darajadagi ishonch”ga ega. Bu respondentlarning 22 foizi banklarga yuqori ishonch bildirgan 2020 yilga nisbatan ancha past.

Chikago universitetining Jamoatchilik tadqiqotlari markazi (NORC) tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, amerikalik katta yoshli odamlarning 57 foizi mamlakat banklariga "bir oz" ishonadi. Respondentlarning 31 foizi esa ularga "ishonmaydi". Natijalarga bir necha banklarning qulashi bilan bog‘liq vaziyat ta’sir qilgan.

10 mart kuni Kaliforniyadagi Silicon Valley Bank (SVB) bankrot bo‘lgani e’lon qilingandi. Bu 2008 yildan beri AQShdagi eng yirik bank inqirozi bo‘ldi.

Amerikaliklar bunday vaziyatning sabablaridan biri AQSh hukumati bank sohasini tartibga solish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmayotganida, deb hisoblamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!