Amerikalik san’atkorlar “Qilpillama” qo‘shig‘iga bir oy tayyorgarlik ko‘rishdi (video)

Amerikalik san’atkorlar “Qilpillama” qo‘shig‘iga bir oy tayyorgarlik ko‘rishdi (video)

Registon maydonida o‘tkazilayotgan “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali ishtirokchilari chiqishlarini davom ettirmoqda.

Tanlovning ikkinchi kunida dasturni xitoyliklar boshlab berdi. Keyin esa sahnaga chiqqan AQShning “'Henhause Prowlers” guruhi chiqishi tomoshabinlarni o‘ziga maftun etdi.

Jamoaning har bir qo‘shig‘iga maydonga yig‘ilgan tomoshabinlar raqsga tushdi.

- Biz tanlovdan tashqari “Qilpillama” qo‘shig‘ini tayyorlab keldik. Bir oy shu qo‘shiq ustida ishladik, - deydi guruh a’zosi Ben Rayt. – Kecha-kunduz xayolimizda “Qilpillama” bo‘ldi. Biz bu qo‘shiqni kuylab  tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘layotganimizdan mamnunmiz.
 

Tulqin Siddiqov,

Baxtiyor Mustanov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!