Amerika urushni o‘rganish instituti: Rossiya harbiylari Lisichanskni o‘rab olishga harakat qilishda davom etmoqda, Rossiyada iqtisodiyotning yashirin safarbarligi boshlandi
Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti o‘zining kundalik hisobotida Rossiyada iqtisodiyotning yashirin mobilizasiyasi va Donbass mintaqasidagi janglar haqida yozdi. 1 iyul uchun asosiy xulosalar:
— Kreml Ukrainadagi uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rish uchun Rossiya iqtisodiyotini safarbar qilish shart-sharoitlarini tayyorlamoqda, deb yozadi tashkilot ekspertlari. Ularda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni armiya va maxsus xizmatlar manfaatlarini ko‘zlab davlat buyurtmalarini olishga, xodimlarga esa tungi vaqtda ishlashga majburlash imkonini beruvchi qonun loyihalari haqida so‘z boradi. "Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya iqtisodiyoti va sanoatini davom etayotgan jangovar harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun safarbar qilishi mumkin, ammo fuqarolarni keng miqyosda safarbar qilish uchun hali bunga o‘xshash choralar ko‘rilmagan", deyiladi xulosada;
— Rossiya hukumati Zaporojye atom elektr stansiyasini (AES) to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya elektr tarmog‘iga integrasiya qilishni rejalashtirayotgan ko‘rinadi, bu esa Rossiyaning Zaporojye AES Ukrainaga elektr energiyasini sotishi haqidagi avvalgi da’volariga zid keladi. Hisobot mualliflarining taxmin qilishicha, Rossiya kuchlari hozirda Ukraina energetikasining Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishini ta’minlash uchun elektr uzatish liniyalariga jismoniy kirishga intilmoqda;
— Rossiya qo‘shinlari Lisichanskni o‘rab olishga urinishlarini davom ettirdilar va shaharning janubi va janubi-g‘arbiy qismida hujum amaliyotlarini o‘tkazdilar;
— Rossiya qo‘shinlari Slavyansk shimolida hujumlar o‘tkazmadi va asosiy e’tiborni o‘zlarining taktik pozisiyalarini qayta to‘plash va yaxshilashga qaratdilar. Ular, shuningdek, Xarkov viloyati shimolida quruqlikdan hujumlar o‘tkazmadi, balki Xarkov shimolidagi Ukraina pozisiyalarini o‘qqa tutishda davom etdi;
— Rossiya hukumati Ukrainadagi jangovar harakatlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan chaqiruvlar zaxirasini kengaytirishda davom etmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.
Янги Ўзбекистонда инсон қадрини улуғлаш, оила институтини мустаҳкамлаш, хотин-қизларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини таъминлаш, қизларнинг баркамол авлод бўлиб вояга етиши учун зарур шарт-шароитларни яратиш давлат сиёсатининг устувор йўналишларидан бирига айланди. Сир эмаски, жамият тараққиёти, оилалар фаровонлиги ва келажак авлод камолоти, аввало, аёлга бўлган эътибор, қизлар тарбиясига берилаётган юксак аҳамият билан чамбарчас боғлиқдир. Шу маънода, бугун мамлакатимизда гендер тенгликни таъминлаш, оила масалаларига тизимли ёндашиш ва қизларнинг саломатлиги ҳамда маънавий-интеллектуал ривожига қаратилаётган эътибор ўзининг амалий натижаларини бера бошлади.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.