Amerika OAV: Oq uy G‘azo janubidagi keng ko‘lamli operasiya yanvargacha yakunlanishiga ishonmoqda

Amerika OAV: Oq uy G‘azo janubidagi keng ko‘lamli operasiya yanvargacha yakunlanishiga ishonmoqda

AQSh matbuotining bir qancha xabarlariga ko‘ra, Oq uy rasmiylari Isroil yanvar oyiga qadar G‘azo janubida keng ko‘lamli harbiy operasiyani yakunlashi, keyin esa XAMASga qarshi ko‘proq maqsadli hujumlarga o‘tishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

CNN Bayden ma’muriyatining bir qancha yuqori martabali mulozimlariga tayanib, Oq uy yaqin haftalarda SAXALning hujumi qanday davom etishidan xavotirda ekanligini, Isroilni zarar va tinch aholi orasida qurbonlar sonini minimallashtirish zarurligidan ogohlantirayotganini xabar qildi.

"Kelgusi haftalarda biz yuqori intensiv operasiyalarni o‘tkazamiz, keyin esa, ehtimol, past intensivli rejimga o‘tamiz", dedi Isroil rasmiysi CNN telekanaliga bergan intervyusida.

HAMASga harbiy bosim sulh tuzish va garovga olinganlarni ozod qilishi uchun yetarli darajada kuchli bo‘lguncha bir oygacha vaqt ketishi mumkin.

O‘tgan hafta AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Isroil urush vazirlar mahkamasini Isroilning HAMASga qarshi kurashish uchun bir necha oylari yo‘qligi, chunki AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati urushni tugatish uchun doimiy ravishda ichki va xalqaro bosimga duch kelayotgani haqida ogohlantirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!