"Amazon" yaqin orada yana 9 ming ishchini ishdan bo‘shatishini ma’lum qildi

Bu haqda bosh direktor Endi Jessining bayonotiga tayanib, kompaniya sayti xabar berdi.
Ish o‘rinlari qisqarishiga kompaniya xarajatlarini optimallashtirishga intilish hamda kompaniyada iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish sabab qilib ko‘rsatilgan.
Yanvar oyida Amazon 18 000 xodimini ishdan bo‘shatgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)