Allegri iste’foga chiqariladi – La Gazzetta dello Sport

Allegri iste’foga chiqariladi – La Gazzetta dello Sport

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri iste’foga chiqarilishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Turin klubi mavsum yakuniga ko‘ra Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa, italiyalik mutaxassis jamoadan iste’foga chiqariladi.

Qayd etilishicha, klub hozirga qadar murabbiyning faoliyatidan qoniqmoqda.

Avvalroq, Allegri iste’foga chiqarilgan taqdirda Turin klubi «Bolonya» ustozi Tiago Mottani bosh murabbiy sifatida taklif etilishi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, «Yuve» 30-turdan keyin 59 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. 4-o‘rindagi «Bolonya» Turin klubi bilan oradagi farqni 2 ochkogacha qisqartirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!