Alisher Usmonov muvaffaqiyatining siri nimada?

A A A
Alisher Usmonov muvaffaqiyatining siri nimada?

Xorijiy davlatlarda muvaffaqiyatli ishlab yurgan yuqori malakali olim, vrachlar, salohiyatli investorlarni yurtimizga taklif etib, o‘z bilim va tajribasini vatanimiz ravnaqi yo‘lida ishlatish uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqdamiz. 

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
 

(Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishdagi nutqidan. 2018 yil 7 mart) 
 

Muvaffaqiyatning tarixi va tarifi

Blumberg agentligining (AQSh) bergan xabariga qaraganda Alisher Usmonov Maykrasoft kompaniyasining asoschisi Bil Geyts bilan boshlanadigan dunyoning 100 nafar eng boy kishilari qatoridan o‘rin olgan.

Alisher Usmonov 65 yoshda. U Namangan viloyatining Chust shahrida tavallud topgan. Tadbirkor. Rossiyadagi “USM (Usmonov) Holdings” kompaniyasining asoschisi.
“Yo‘q, bu ishni qilish mumkin emas, bizga bu to‘g‘ri kelmaydi, ular mutlaqo boshqa-boshqa narsa deb turganida Alisher Usmonov shu ishni qilsa bo‘ladi!”, deydi, shu ishni bajaradi va aytgan gapining ustidan chiqadi. Bu uning hayotda to‘plagan boy tajribasidan tashqari irodasidan, ko‘pqirrali qobiliyati, fe’lu-atvoridan darak beradi va hayotning tasdiqlashi bo‘yicha, tadbirkor tabiatidagi bu xislat uning katta muvaffaqiyatlarining asosi va garovi bo‘lib xizmat qilmoqda. “Men barcha ishlarni, butun-butun kompaniyalarni sinchkovlik bilan ipidan ignasigacha juda puxta o‘rganaman. Odamlarga ishonaman ma’qul bo‘lgan paytda, mening talablarimga to‘g‘ri keladigan odamga hamma narsamni ishonib topshirishga tayyorman. Sabot, matonatdan tashqari hissiyotlarga beriladigan odatim ham yo‘q emas”.

Alisher Burxonovich Usmanov u yoki bu voqea xususida biron-bir fikr bildiradigan bo‘lsa, odatda uning o‘ziga xos fikri, munosabati atrofidagilarning e’tiborisiz qolmaydi, gapi-so‘zining ta’sir kuchi katta, sezilarli bo‘lgan Rossiyaning eng badavlat milliarder tadbirkorlaridan hisoblanadi, deyishadi uni bilganlar.

Amerikaning “Forbs “ jurnali chop etila boshlaganiga 10 yil to‘lishi munosabati bilan: “Rossiyada kim yaxshi yashaydi?” deb 2013 yili o‘tkazilgan savol-javobda bunday kishilardan Rossiyada 200 nafari borligi ma’lum bo‘lgan. Ro‘yxat Alisher Usmonov nomi bilan boshlanadi. “Metalloinvest” hammuassisi Usmonov 17,6 milliard dollar mol-mulkka ega, deb qayd etiladi jurnal sahifalarida. Alisher Usmonov ikki yildan buyon Forbs jurnalidagi rus mulkdorlari reytingi ro‘yxatining birinchi o‘rnida turdi. Usmonov ketidan “Alfa-grupp”ning hammuassisi Mixail Fridman, undan keyin “Novatek”ning hammuassisi Leonid Mixelson, ana undan keyin Viktor Vekselberg, “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperov, “abadiy bo‘ydoq” deb nom chiqargan Mixail Proxorov. Yetti bolaning otasi Roman Abramovichlar turishadi. Ko‘p bolali ota - (Abramovich)ning ustidan hazillashib bolalar boshini ko‘paytiraman deb, biznesda orqada qolayotgan Roman Abramovich o‘zining 10 milliard 200 million dollari bilan bu ro‘yxatda 13-o‘ringa tushib qolibdi.

“Vijdon pulning quli bo‘lmasligi, eng muhimi, pul vijdonni so‘ndirmasligi ham, o‘ldirmasligi ham kerak. Vijdonim bilan kelishgan holda hamoxang yashayman. Bu mening hayotdagi bosh va muhim maqsadim. Men hammavaqt bir narsani qaytarishdan tolmayman. O‘z xoxish-ixtiyorim bilan emas, ta’sir deymizmi, tazyiq ostida deymizmi, tasodifan biznesmen bo‘lib qolganman”.

"Gapning kalamullosini aytadigan bo‘lsak, pul, mablag‘ yoki daromad hayotimning asl maqsadi emas. Turli davlat va nodavlat radio, gazeta, televideniye yoki Internet e’lon qilayotgan reytinglar boy-badvalat biznesmenlarning asl holati haqida aniq ma’lumot bermaydi”, deydi Alisher Usmonov.

Shu yerda multimillioner yoki milliarder Alisher Usmonov o‘zining bosh maqsadini, hayotiy shiorini e’lon qilgandek bo‘ldi: Gap shundaki, biznesmenning butun molu mulki uning umr bo‘yi o‘zi uchun, yaqin kishilari uchun, xayr, sadaqa uchun, ya’ni homiylik yo‘lida sarf qiladigan xarajatlarning yig‘indisi bilan o‘lchanadi. Qolgan mablag‘i uniki emas. Mablag‘larim meni yangi-yangi ishlarga, loyihalarni amalga oshirishga chorlaydi. Kattadan-katta ijtimoiy loyihalarni ro‘yobga chiqarish, hayotga tadbiq etish imkonini beradi. Men yaqin orada “San’at va sport” xayriya fondimni o‘zimning bosh tashkilotim deb hisoblasam kerak, deydi jahonga mashhur tadbirkor. Tadbirkorning bu gapini unchalik anglay olganimiz yo‘q. Bu gapidan u nima ishbilarmonlikni tashlab faqat sport va homiylik bilan shug‘ullanmoqchimi? Yana bilmadik. Har xolda uning shunday fikri, niyati ham yo‘q emas.

Xorijlik biznesmenlarning ta’kidlashi bo‘yicha, O‘zbekistonda ishbilarmonlik, tadbirkorlik bilan keng ko‘lamda shug‘ullanish imkoniyatlari chorak asrdan buyon mana endi ro‘yobga chiqa boshladi. Mamlakat iqtisodiyotini ravnaq toptirib, xalq turmush sharitini ko‘tarishga xizmat qiladigan bu xosiyatli jarayonning ko‘pchilikka, ayniqsa jahon hamjamiyatiga tushunarli qonun-qoidalari ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilmoqda.

Ha, o‘tgan yillar mobaynida qanchadan-qancha imkoniyatlarni qo‘ldan boy berdik, achchiq bo‘lsa ham bu ginayu anduh, e’tirozu tanqidni tan olishdan boshqa ilojimiz yo‘q. Axir rahbariyatimizning xalq dardiga quloq tutib, kamchiliklarni e’tirof etib, tavba-tazarruga qodir ekanligi tufayli, shuningdek, yer osti va yer usti boyliklarimiz, ayniqsa ko‘p yillik boy tajribamiz, mehnatkash xalqimiz borligi uchun ham butun jahon bugun O‘zbekistondagi o‘zgarishlarga favqulodda bir katta qiziqish bilan qaramoqda, investisiyalar kirib kelyapti, yangi turar joylar qurilib, ma’dan konlari ochilib, ulkan sanoat korxonalari qad ko‘tarmoqda, noyob Toshkent-siti xalqaro biznes-markazi barpo etilmoqda. Tadbirkorlik uchun yangi muhit, qulay sharoit yaratilyapti, ishga yondashuv va undagi siyosat o‘zgarib jahonga mashhur O‘zbekiston farzandlarining o‘z vataniga qiziqishi, ilgari so‘nmagan bo‘lsa ham, yanada ortib bormoqda.

Birgina misol. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga qilgan tashrifi chog‘ida imzolangan bitimlarga asosan O‘zbekistonga 12 millard dollarga investisiya kiritildi. Faqat savdo bo‘yicha imzolangan kontraktlar umumiy bahosining o‘zi 3,8 millirad AQSh valyutasini tashkil qildi. Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida ilgari tovar ayriboshlash 4 millard dollar bo‘lgan bo‘lsa, endi bu raqam yana bir milliardga ortib, 5 milliard dollarga yetkaziladi.

O‘zbekiston shaxdam qadam tashlab, katta sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi dorulomon kunlarda Rossiyada yashaydigan va, bir daqiqa bo‘lsa ham, vatanini unutmagan hamyurtlarimizning o‘z vataniga, ona-eriga qiziqishi ortdi. Ular O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarda ishtirok etish istaklarini bildirishmoqda. Moskva OAVlarining xabariga qaraganda namanganlik jahonga mashhur biznesmen Alisher Usmonov Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga yo‘naltirgan hatti-harakatlarini ancha faollashtirgan.

Alisher Usmanov... Rossiyada istiqomat qiladigan jahonga mashhur o‘zbek biznesmeni. Hozir u o‘zining nomidagi “USM Holdings” kompaniyasining 48 % aksiyalari paketiga va Baykaldagi “Metalloinvest” tog‘-kon kompaniyasiga ega. Shuningdek, Usmonovning “Noviy (yangi) media xolding”, “Kommersant’” nashriyot uyi, “Ximki Grupp” developmentida ham salmoqli ulushi bor.

Alisher Usmonov 1953 yili 9 sentyabr kuni Chust shahrida tug‘ilgan. Uning oilasi kambag‘allik nima ekanligini bilmaydigan oilalardan edi. Otasi Toshkent shahar prokurori bo‘lib ishlagan. Unga bolaligidan istagan narasini muhayyo etishardi. Boy oilaning to‘q bolalari katta bo‘lganida kim bo‘lishi masalasi juda baxsli va noma’lum. O‘ziga to‘q kamchiligi yo‘q oilalardan kim-qancha va qanday odamlar chiqmadi, deysiz?!

Oila boshlig‘i Burxon ota Usmonov qattiqqo‘l, bolalarning ko‘ngliga qarab o‘tirmaydigan talabchan kishi bo‘lib oilada ham, do‘stlari orasida ham katta hurmatga sazovor bo‘lgan kishi edi. U o‘g‘lining o‘qishga va sportga bo‘lgan qiziqishini ko‘rib uni qo‘llab-quvvatladi. Yog‘ochdan yo‘nilgan qilich bilan qilichvozlik qilayotganini ko‘rib esa unga kerakli bo‘lgan barcha sport asbob va anjomlarini sotib olib beradi va fextovaniye seksiyasiga borib yozdiradi.
Alisher sport bilan shunchaki hazilakam emas balki jiddiy ravishda shug‘ullana boshladi va hamma bo‘sh vaqtlarini sport mashg‘ulotlarida o‘tkazdi. U tez orada sevgan sport turi bo‘yicha jiddiy natijalarni qo‘lga kirita boshladi va sport olamida musobaqalarda qilichvozlar orasida doimo g‘olib chiqadigan Alisher ismli yosh bola paydo bo‘ladi. Yarim yil o‘tar-o‘tmas u Respublika o‘smirlar terma komandasi tarkibiga olindi. Bir nechta jiddiy raqiblar bilan o‘tgan g‘alabalaridan so‘ng esa SSSR terma komandasiga olindi. Chustlik o‘spirin ko‘p o‘qiydigan romantik bola edi. U yoshligida fransuz yozuvchisi Aleksandr Dyumaning mashhur “Uch mushketyor” – (“Uch qilichboz”) romanini o‘qib sportning qilichbozlik turi - fextovaniye bilan shug‘ullanishga qaror qiladi. Ikki yil mashqdan so‘ng yosh qilichboz Alisher Usmonov Respublika terma komandasiga qabul qilinadi. Ko‘p o‘tmay u o‘z kasbining ustasi – sport masteri unvonini oladi. Bu bilan u qoniqmaydi. Bu sohada yanada yuqoriroq natijalarga erishish uchun u qattiq harakat qiladi va eng yosh mohir qilichboz sifatida SSSR terma komandasi musobaqalarida qatnash huquqini qo‘lga kiritadi.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Namanganlik otaxon rekord jarimani «ishlab oldi»

Наманган вилоятида «Gentra» русумли автотранспорт воситасида 82 маротаба йўл ҳаракатлари қоидаларини бузган отахоннинг машинаси хатланди.

Mahmud Muradov: "Taxminan 700 ming AQSh dollari minusga kirdim"

Muradov Professional League ММА ташкилоти нима учун мусобақалар ташкил қилмаётганининг сабаби ҳам айтилди.

Isroil Rossiyani Eronga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishdan tiyilishga chaqirdi

Исроил молия вазири Элькин Россиядан Эронга ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини етказиб бермасликни сўради.

Ayrim maktablarda qizlarga yubka kiyish taqiqlandi. Ota-onalar norozi!

Таълим вазирлиги ота-оналарнинг шикоятларига жавоб берди.

Yuragi urib turgan bemor o‘lganga chiqarildi va uning ichki a’zolaridan foydalanishdi

Органларни харид қилиш ташкилотлари шифокорларни беморларга ўлимни тезлаштирадиган дориларни юборишга ундамоқда.

Madaniyat vaziri korrupsiyada ayblanib sudga tortiladi

Маданият вазири коррупция ва мансаб ваколатини суиистеъмол қилишда айбланиб судланади.

Yaqin oylarda Ukraina yangi prezidentga ega bo‘ladi

Зеленский ўз лавозимидан "зўрлик билан" четлаштирилиши мумкинлигини айтди

Hindiston o‘z talabalariga O‘zbekistondagi universitetda o‘qishni taqiqladi

Душанба куни Ҳиндистон Тиббиёт Кенгаши (NMC) тиббиёт йўналишидаги абитуриентларга Марказий Америкадаги учта ва Ўзбекистоннинг бир тиббиёт университетига бакалавриат даражасида тиббий таълим олишдан қатъий тийилишни қатъий тавсия қилди.

Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi

Сўнгра беморнинг ҳаёти ва соғлиғини хавф остига қўйиб, бирор-бир тиббий кўрсатма бўлмагани ҳолда унинг “чап оёқ сон соҳасини ампутация қилиш” режасини ишлаб чиққан.

Evropa nega Rossiyaga qo‘llayotgan sanksiyalarni Isroilga ham joriy etmayapti?

Мерц Европа нега Россияга қўллаётган санкцияларни Исроилга ҳам жорий этмаётганини тушунтирди.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

Yaponiyalik erkak o‘lik onasining jasadini 10 yil davomida o‘z uyining hojatxonasida yashirib yurdi

Бу ҳақда South China Morning Post нашри хабар берди.

Ukraina o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor

Бу ҳақда Рустам Умеров ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

Bahodir Jalolov jangi bekor qilindi, sababi...

Баҳодир Жалоловнинг 27 июлдаги жанги афсуски бекор қилинди.

Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, janob prezident!

Бугун - 24 июль, Ўзбекистон Республикаси президенти Шавкат Миромонович Мирзиёевнинг таваллуд айёми.

Putin va Zelenskiy uchrashadimi?

Бу ҳақда музокаралардаги Россия делегацияси раҳбари Владимир Мединский маълум қилди.

Qashqadaryoda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs qo‘lga olindi

У ушбу таълим учун ҳар бир ўқувчидан 100 АҚШ доллари миқдорида тўлов олган.

Filippindagi toshqinlar oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi

Яна 11 киши бедарак йўқолди хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Россиянинг «Ангара» авиакомпаниясига тегишли Ан-24 самолёти 24 июл куни Амур вилоятида ҳалокатга учради.

Gresiyada yirik o‘rmon yong‘ini: bir nechta qishloq aholisi majburan evakuasiya qilindi

Грециядаги қаттиқ иссиқлик фонида яна бир йирик ўрмон ёнғини келиб чиқди — бу сафар Коринф шаҳри яқинида, жанубий муниципалитетдаги тоғли ҳудудда. Ҳокимият маълумотларига кўра, ёнғин тез суратда тарқалган ва маҳаллий аҳоли ўз уйларини шошилинч тарк этишга мажбур бўлган.

AQSh Garvard universitetining chet ellik talabalar uchun vizaga homiylik qilish vakolati ustidan tergov boshladi

Бу ҳақда АҚШ давлат котиби Марко Рубио ижтимоий тармоқда ёзди.

G‘azoda ochlik xavfi: 100 dan ortiq insonparvarlik tashkiloti ogohlantirdi

Ғазо секторидаги очлик хавфи борасида “Save the Children”, “Chegarasiz шифокорлар” каби йирик ташкилотлар ҳам иштирок этган 100 дан ортиқ инсонпарварлик гуруҳи қўшма баёнот билан чиқди.

Ukrainada korrupsiyaga qarshi organlar vakolatlari cheklanishiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazildi

Украина пойтахти Киев ва мамлакатнинг бир қатор шаҳарларида "Миллий коррупцияга қарши кураш бюроси" (НАБУ) ҳамда "Махсуслаштирилган коррупцияга қарши прокуратура" (САП) ваколатларини чекловчи қонунга қарши оммавий норозилик намойишлари бўлиб ўтди.

Rossiya va Ukraina uchrashuvlarining uchinchi raundida tinchlik shartlari muhokama qilinadi

Истанбул Россия ва Украина ўртасида 2022 йил 24 февралда бошланган урушни тугатиш мақсадидаги тўғридан-тўғри музокаралар майдони бўлиб қолмоқда. Томонлар учинчи раундни ўтказишга ўзаро розилик берган.

G‘azoda Isroil hujumi oqibatida 8 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Бу ҳақда WAFA ахборот агентлиги хабар берди.

Er tezroq aylana boshladi – tadqiqot

Сайёра тезроқ айланмоқда, 10 июль йилнинг энг қисқа куни бўлди, у стандарт 24 соатдан 1,36 миллисонияга камроқ давом этди. Бу ҳақда DW халқаро Ер айланиш хизмати ва АҚШ ҳарбий-денгиз обсерваториясига таяниб хабар бермоқда.

Angrenda 14 yoshli qiz 4 nafar yigit tomonidan zo‘rlandi

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани ва Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги томонидан алоҳида назоратга олинган.

O‘zbekistonliklar 1 milliarddan oshiq pulini Labubuga ishlatib yuborishdi

Жаҳон маркетплейсларида мазкур ўйинчоқ 22 доллардан 900 долларгача сотилмоқда. Миллий маркетплейсда эса мазкур ўйинчоқларни 45 минг сўмдан топиш мумкин.

Toshkent viloyatida YPX mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

ЙҲХБ хабарига кўра, ҳар иккала ҳолатда ҳам ҳаракат иштирокчиларининг соғлиғига зиён етмаган.

Ukrainada Mirage 2000 qiruvchi samolyoti qulab tushdi

Украина ҳарбийларининг маълумотига кўра, парвоз вақтида авиация техникасида носозлик юзага келган.

Toshkentda samolyot bortida yo‘lovchi ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak qamaldi

Аёл эса эркакка бу ҳаракатларини тўхтатишини ва ўзини тўғри тутиши кераклигини айтишига қарамасдан, у ўз ҳаракатларини давом эттирган.

Qibrayda qurilish mollari do‘konida yong‘in chiqdi

Хабарга асосан, ёнғинни ўчириш учун 5 та ёнғин-қутқарув экипажлари соат 10:57 да воқеа жойига бориб, 11:17 да ўраб олинган ва ёнғин соат 11:50 да тўлиқ ўчирилган.

Rossiya radikal kanallarga obuna bo‘lgan xorijlik fuqarolarini mamlakatga kiritmayapti

Россия чегарачилари сўннги пайтларда Ўзбекистон ва Тожикистон фуқароларини радикал диний каналларга обуна бўлгани учун мамлакатга киритишдан бош тортмоқда. Бу ҳолат ТАСС агентлиги ўрганган 20 дан зиёд суд материалларида қайд этилган.

Erondagi jazirama suv va elektr tanqisligiga olib keldi

Эронда кузатилаётган ғайритабиий иссиқ об-ҳаво туфайли сув омборларидаги сув сатҳи сўнгги бир асрдаги энг паст даражага тушди. Бу эса мамлакат бўйлаб сув ва электр таъминотида жиддий узилишларга сабаб бўлмоқда.

Isroil mudofaa kuchlari so‘nggi 24 soat ichida G‘azoda HAMASga tegishli o‘nlab manzillarni yo‘q qildi

Бу ҳақда “Report” нашри IDF матбуот хизматига таяниб хабар қилди.

Erdo‘g‘an: G‘azodagi genosidga sukut qilish – jinoyatga sheriklikdir

Туркия Президенти Ражаб Тоййиб Эрдўған Истанбулда бўлиб ўтаётган IDEF-2025 мудофаа кўргазмасида нутқ сўзлар экан, Ғазода рўй бераётган воқеаларга нисбатан жаҳон ҳамжамиятининг сукутини қаттиқ танқид қилди.