Alisher Qodirovni o‘qituvchilar haqoratlab, nafrat bildirayotgani ma’lum bo‘ldi

Alisher Qodirovni o‘qituvchilar haqoratlab, nafrat bildirayotgani ma’lum bo‘ldi

Alisher Qodirovni o‘qituvchilar haqoratlab, nafrat bildirayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston “Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisining o‘zi ma’lum qildi.

"Tarmoqdagi manzilimga o‘zini o‘qituvchi deb tanishtirayotgan o‘nlab fuqarolardan haqorat, nafrat va kamsitishlarga to‘la munosabatlar kelib tushmoqda.

Ular qanday o‘qituvchiki, masalaning mohiyatini anglamasdan, anglagan bo‘lsa ham haqiqatni tan olmasdan nafrat sochmoqdalar?

Bundaylar o‘qituvchi bo‘lsa, ularni o‘qitayotganlari kim bo‘ladi?

Men aynan shunday o‘qituvchilar haqida gapirdim.

Bundaylar til biriktirib mehnatkash ustozlarning xaqi bo‘lgan rag‘bat pullarini arra qiladilar, o‘zining bilimi chaqaga qimmatligini yashirish uchun murg‘ak bolalarning peshonasiga ikki chizadilar, ota-onasi sovg‘a beradigan bolalardan “a’lochi” yasab, qobiliyatli bolalarni “omadsiz”ga chiqaradilar va yuqori toifali bo‘lish uchun pora beradilar…

Shundaylar saviyali o‘qituvchilarning haqini yemayaptilarmi? Shundaylarni hisobiga haqiqiy o‘qituvchilarning ishlaridan ko‘ngillari qolmayapdimi?

Meni birinchi o‘qituvchim Lola Akramova (joylari jannatda bo‘lsin) juda e’tiqodli ustoz edilar. “Xaq bo‘lib sabr qilgan hech qachon kam bo‘lmaydi” deb o‘rgatganlarini insoniyatning o‘qituvchisi Rasulimiz (s.a.v) aytgan ekanliklarini keyinroq anglaganmiz.

Bilaman, o‘qituvchilarni ish sharoiti va maoshlarini tubdan o‘zgartirish kerak, bu shart.

Lekin, takrorlayman, soha tasodiflardan tozalanmas ekan, amaliy ishlar emas, haqorat va savodsiz tortishuvlar davom etaveradi.

Bizga va farzandlarimizga to‘g‘rilik va bilimni o‘rgatgan va o‘rgatayotgan ustozlarimizga cheksiz muhabbat va mehrimiz bo‘lsin".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!