Alisher Qodirov Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova bayonotiga javoban: muammolarga to‘la o‘zlarining ishlari bilan shug‘ullanishsa, to‘g‘ri bo‘lar edi
Alisher Qodirov Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchini urgani yuzasidan O‘zbekistondan tushuntirish so‘ragan Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovaning gaplariga munosabat bildirdi.
Unda bola huquqi O‘zbekiston maktabida, O‘zbekiston fuqarosining bolasiga nisbatan buzilganini va chorasi O‘zbekiston xalqi nomidan qabul qilingan qonunlar asosida ko‘rilishini ta’kidladi.
“Bizning ichki ishlarimiz haqida bosh qotirguncha muammolarga to‘la o‘zlarining ishlari bilan shug‘ullanishsa, to‘g‘ri bo‘lar edi. Tekis joyda to‘polondan foyda chiqmasligini tushunib yetishdi, degan xulosaga ertaroq shekilli”, dedi “Milliy tiklanish” partiyasi Alisher Qodirov.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)