Alisher QODIROV: "Hukumat bunday holat takrorlanmasligi uchun aybdorlarni aniqlashiga va jazolashiga ishonamiz"

Alisher QODIROV: "Hukumat bunday holat takrorlanmasligi uchun aybdorlarni aniqlashiga va jazolashiga ishonamiz"

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov kechagi holat haqida fikrlarini aytib o‘tdi.

"Mamlakatda avval hech bo‘lmagan transchegaraviy texnogen avariya oqibatida yuzaga kelgan 10 soatlik energota’minotdagi uzilishni bartaraf etishda Davlat rahbaridan boshlab barcha mas’ul vazirlik va idoralar fidoyilik qilishdi.

Xalqimiz ham vaziyatdan manfaat izlaydigan turli g‘alamis provokasiyalarni sovuqqonlik bilan rad etdi.

Bu mamlakat favqulodda holatlar bo‘yicha stress-testdan o‘tganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga vakolatli Hukumat komissiyasi bunday holat takrorlanmasligi uchun aybdorlarni aniqlashiga va jiddiy jazolashiga ishonamiz.

Tinchlikni qadrlaydigan va sabrni tafakkur qiladigan o‘zbek xalqini Yaratgan panohida asrasin", deya so‘zini yakunlagan Alisher Qodirov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!