Aktyor Kimsanboy Sobirov vafot etdi

A A A
Aktyor Kimsanboy Sobirov vafot etdi

Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Farg‘ona viloyat musiqali drama teatrida Sharof Boshbekov asari asosida sahnalashtirilgan «Temir xotin» spektakli xalqimizning sevimli sahna asariga aylangandi. Bugun ham uni barcha sevib tomosha qiladi.

«Temir xotin»da bosh rolni o‘ynagan O‘zbekiston xalq artisti Muhammadsoli Yusupovga «Qo‘chqor aka», Olim rolidagi Kimsanboy Sobirovga «Olimtoy» deya murojaat qilishlari bejiz emas.

Ijodiy faoliyati davomida o‘nlab rollarni maromiga yetkazib ijro etgan Kimsanboy Sobirov mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi arafasida Prezidentimiz Farmoniga ko‘ra «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Afsuski, bir umr muxlislari ardog‘ida «Olimtoy» bo‘lib yashagan taniqli aktyor 65 yoshida vafot etdi.

«Aniq.uz» jamoasi marhumning oila-a’zolariga hamdardlik bildiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асосан, аёл болани аэропорт ҳожатхонасида дунёга келтирган.

Ronaldu yoki Jezush? Portugaliyaliklar tanlovini qildi

Pitagórica компанияси Португалия аҳолиси ўртасида Криштиану Роналдуни мамлакат терма жамоасига бундан кейин ҳам чақириш керакми-