Aholining chiqindidan debitorlik qarzi miqdori 585 mlrd so‘mga yetdi
Aholida to‘lov intizomi darajasining pastligi xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning moliyaviy ko‘rsatkichlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sanitar tozalash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun aholining debitor qarzdorligi keskin oshib, respublika miqiyosida jami 585 mlrd so‘m miqdoriga yetdi.
Aholida to‘lov intizomi darajasining pastligi xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning moliyaviy ko‘rsatkichlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shuning uchun «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning qisqa raqami orqali fuqarolarga SMS xabarnomalar yuborilishi boshlandi. Xabarda chiqindi to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lgan abonentlarga qarzdorlik qoplanmaguniga qadar elektr energiyasi uchun to‘lovni cheklash tizimi joriy etilayotganligi haqida ma’lumot berilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolarimiz orasida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish yoki kechiktirish holatlari ko‘plab uchramoqda. Bunda ular tomonidan xonadondan chiqindi chiqmasligi, chiqindilar yoqib yuborilishi yoki yerga ko‘milishi kabi sabablar ko‘rsatilgan.
Ma’lumot o‘rnida shu yilning 4 yanvar sanasida Prezidentning «Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilingan.
Ma’lumot uchun, yuborilgan SMS xabarnomalardagi qarzdorlik miqdori bo‘yicha fuqarolarda e’tirozlar mavjud bo‘lsa, «1205» qisqa raqamiga og‘zagi ariza qoldirlari mumkin.