Afsus! Taniqli aktyor koronavirus oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

Afsus! Taniqli aktyor koronavirus oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

Amerikalik aktyor Mark Blum vafot etdi. Bu haqda "Mirror" nashri xabar bermoqda.

Aktyorning o‘limiga koronavirus tufayli kelib chiqqan asoratlar sabab bo‘lgani aniqlandi. U 69 yoshda edi.

Aktyorning vafotini "Playwrights Horizonsteatr" Nyu-York teatr kompaniyasi tasdiqlagan. "Mark, bizning teatrimizga, shuningdek, dunyodagi teatrlar va tomoshabinlarga bergan barcha narsalaringiz uchun tashakkur. Biz sizni sog‘inamiz”, – deyiladi tashkilot bayonotida.

Aktyor karyerasini 1983 yilda "Sevgi iztiroblari" filmidan boshlagan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!