Afrikadagi suv toshqinlari oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi

Afrikadagi suv toshqinlari oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi

Afrikaning janubi-sharqiy sohillarida «Ana» tropik bo‘roni 46 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deya xabar bermoqda AR agentligi.

Siklon suv toshqini, elektr uzilishlari va o‘limga sabab bo‘ldi.

«Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 46 kishi halok bo‘lgan, 49 kishi jarohatlangan, 65 ming kishi boshpanasiz qolgan. Umuman olganda, inqirozdan 500 mingdan ortiq odam jabr ko‘rdi», - deyiladi Madagaskar, Mozambik va Malavi rasmiylari qo‘shma bayonotida.

Malavi janubida ko‘plab uylar suv toshqini tufayli vayron bo‘lgan. Odamlar cherkov va maktablarni boshpana qilgan. Odamlarga yordam berish uchun qidiruv-qutqaruv guruhi tuzilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!