Afg‘onistonda giyohvand moddalar bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha maxsus sud tashkil qilindi

Afg‘onistonda giyohvand moddalar bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha maxsus sud tashkil qilindi

“Tolibon” harakati giyohvand moddalar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqadigan maxsus sud tashkil etdi. Bu haqda harakatning Qatardagi siyosiy idorasi vakili Muhammad Naim Tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Afg‘oniston Islom Amirligi Oliy sudi giyohvand moddalar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish va hal qilish uchun maxsus sud tuzdi”, – deyiladi tvitda.

Naim boshqa tafsilotlarni keltirmagan.

“Tolibon” tomonidan tayinlangan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdulboriy Umar utgan yilning noyabrida TASSga bergan intervyusida toliblar giyohvandlikka qarshi kurashda jahon hamjamiyatining yordamiga umid qilishini aytgandi. U Afg‘onistondagi mazkur muammo butun mintaqa mamlakatlari uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini, shuning uchun “Tolibon” islomiy qadriyatlarga zid bo‘lgan bangilikka qarshi kurashmoqchi ekanini ta’kidlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!