Afg‘onistonda AQSh harbiylari aviazarbasi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda AQSh harbiylari aviazarbasi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda bir kunda 50 kishi halok bo‘ldi. Ulardan 30 nafari AQSh harbiylarining Nangarhordagi aviazarbasi, qolgan 20 kishi esa “Tolibon” jangarilari tomonidan Zabulida sodir etilgan portlash oqibatida halok bo‘ldi. Ikkala hodisa oqibatida 130 kishi jarohat olgan.

AQSh kuchlarining zarbasi ISHID jangarilariga qaratilgan bo‘lgan, biroq uning oqibatida tinch aholi halok bo‘lgan. Samolyotlar xandon pista terayotganlar ustiga tashlangan.

AQSh qo‘mondonligi ushbu hodisani taftish qilishini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!