Afg‘oniston SHHTning to‘laqonli a’zosiga aylanishi mumkin

Afg‘oniston SHHTning to‘laqonli a’zosiga aylanishi mumkin

Afg‘oniston Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (SHHT) to‘laqonli a’zosiga aylanishi mumkin, chunki bu mamlakatda ichki siyosiy sharoitlar mavjud. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kobul 2015 yilda SHHTga a’zo bo‘lish uchun rasmiy ariza bergan. “Biz Afg‘onistonning bunday munosabatini qo‘llab-quvvatlaymiz. Shu bilan birga, to‘liq a’zolikni olish uchun bir qator mezonlar mavjudligini eslatib, asosiysi ariza beruvchining nomzodi bo‘yicha SHHTda kelishuvga erishishdir. Ishonchimiz komilki, ichki siyosiy shart-sharoitlar yaxshilangani sari, Afg‘oniston uchun ham bu imkoniyat paydo bo‘lishi mumkin», - deya ta’kidlagan M.Zaxarova. 

Kobulning tashkilotda kuzatuvchi maqomini olishiga Rossiya o‘z hissasini qo‘shgan. Ushbu maqom Afg‘oniston uchun SHHT bilan siyosiy, iqtisodiy, gumanitar sohalarda va xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun yaxshi istiqbollarni ochib beradi.  Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Afg‘oniston "SHHT oilasining muhim a’zosi" ekanligini va tashkilot sammitlarida afg‘on muammosiga jiddiy e’tibor berilishini ta’kidlab o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!