Afg‘oniston prezidenti «Tolibon» harakatining maqsadi nima ekanini ma’lum qildi

Afg‘oniston prezidenti «Tolibon» harakatining maqsadi nima ekanini ma’lum qildi

Afg‘oniston prezidenti matbuot xizmati
Prezidentning ma’lum qilishicha, «Tolibon» harakati urushi diniy yoki milliy asosga ega emas, ular Afg‘onistonni qo‘zg‘olonchilar makoniga aylantirmoqchi. Ashraf G‘ani yaqin uch–olti oy ichida bu bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar rejasi ishlab chiqilishini ma’lum qilgan.

«‘Tolibonʼ harakati Afg‘onistonni har xil isyonchilar boshpanasiga aylantirmoqchi. Hukumat bunga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi. Bizning maqsadimiz Afg‘onistonni va uning ozodligini, so‘nggi 20 yil ichida erishilgan yutuqlarni himoya qilishdir. Bizning adolatli va mustahkam tinchlikni o‘rnatishga irodamiz bor», — degan davlat rahbari.

Afg‘onistonning Baxtar agentligi afg‘on armiyasining yuqori qo‘mondonligiga tayanib xabar berishicha, «Al-Qoida» «Tolibon» harakatiga mamlakatda terroristik hujumlar uyushtirishda yordam bermoqda. Ushbu hamkorlik Afg‘onistondagi janglarning kuchayishi fonida olib borilmoqda.

Pomirning Afg‘oniston qismidagi mudofaa kuchlari «Al-Qoida» bilan aloqador bo‘lgan xorijiy jangarilar «Tolibon»ga portlovchi moddalarni o‘rgatish, o‘z joniga qasd qilish kamarlarini yasash va terrorchilarni tayyorlash orqali yordam berayotganini aytgan. Bag‘lon, Taxor, Badaxshon va Qunduz viloyatlarida qo‘lga olingan «Tolibon» jangarilari orasida o‘zbek, arab, tojik va pokistonlik yollanma askarlar aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!