"Aeroflot"ning Buxorodan Moskvaga parvozi kechiktirildi

"Aeroflot"ning Buxorodan Moskvaga parvozi kechiktirildi

26 yanvar kuni ertalab ob-havo sharoiti tufayli Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasining samolyoti Buxoro aeroportidan uchishni amalga oshira olmadi.

Buxoro Moskva (Sheremetevo) yo‘nalishi bo‘yicha AFL-1877 parvozi mahalliy vaqt bilan soat 08:10 da parvoz qilishi kerak edi. Biroq qalin tuman tufayli – ko‘rish masofasi 200 metrga yetganligi sababli parvoz avvaliga bir soatga, keyin esa kechki paytga qoldirildi. Aviakompaniya 153 nafar yo‘lovchi va samolyot ekipajini mehmonxonaga joylashtirishga qaror qildi. Uchish mahalliy vaqt bilan 21:00 da belgilangan. Yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish soat 18:00 da boshlangan.

Ayni damda Buxoroda tuman tarqalgan. Aeroport normal rejimda ishlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!