Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan prokuratura va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bo‘ston tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosining advokat stajyori hamda 1984 y.t. shaxs o‘zaro kelishgan holda, o‘zganing nomida bo‘lgan 34 sotix noturar yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga turar joy sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 34 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa holatda esa Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mansabdor shaxslariga nisbatan Bektemir tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 184 va 189-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha 4 nafar fuqaroni javobgarlikka tortmaslik va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga 25 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Olmazor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ushbu pul mablag‘ini advokatning ko‘rsatmasiga asosan, uning 1987 y.t., muqaddam sudlangan tanishi olgan vaqtida ushlandi.
Buxoro viloyatida kuzatilgan holatda esa Peshku tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati 2024 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha mazkur tuman sudi tomonidan sudlangan fuqaroga oid ishni kassasiya instansiyasida ko‘rilishi jarayonida unga nisbatan oqlov hukmi chiqarish masalasini sud tizimidagi tanishlari orqali hal qilib berish evaziga 12 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosining muqaddam sudlangan ishchisi Shayxontohur tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining Tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, Jinoyat Kodeksining 131-moddasi bilan poytaxtdagi SPA-salonlardan birining boshqaruvchisiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tanishlari orqali tergov jarayonida tugatishga ko‘maklashish evaziga o‘zining 1993 y.t. tanishi orqali 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, advokatlik byurosi ishchisi ushbu masalani o‘zi ishlayotgan advokatlik byurosi advokati orqali hal qilib berishni rejalashtirganligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va byuro advokati ham mazkur pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, advokatlik byurosi ishchisi SPA-salon boshqaruvchisidan muqaddam 4500 AQSh dollari olganligi ham ma’lum bo‘ldi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Россия Хавфсизлик кенгаши котиби ГФР канцлери Мерцнинг Германия Украинанинг Россия ҳудудига зарба бериш масофаси бўйича чекловларни бекор қилаётгани ҳақидаги сўзларига шундай изоҳ берди.
Украина Ташқи разведка хизмати Россиянинг 20 та заводи ҳақида ишончли маълумотларга эга. 2024-2025 йиллар мобайнида Россия ва Хитой ўртасида авиация соҳасидаги ҳамкорликнинг камида 5 та ҳолати қайд этилган.
Мудофаа вазирлиги "harbiy Wi-Fi" сифатида танилган Линк-16 орқали маълумотлар алмашинувини таъминловчи CRC System Interface (CSI) тизими бўйича келишувни имзолади.
Ўзбекистон президенти ҳузуридаги хавфсизлик кенгаши котиби ўринбосари, президентнинг ташқи сиёсат масалалари бўйича махсус вакили Абдулазиз Комилов бу ҳақда “Ishonch uz” сайтига берган интервюсида айтиб ўтди.
"2024 йилда Россия Қуролли Кучлари билан 374,2 мингдан 407,2 минг нафаргача одам шартнома имзолаган", дея маълум қилди “Важние истории” федерал бюджет харажатлари маълумотларига таяниб.
ДХХнинг Сирдарё вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ИЖҚКД ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда муҳандис ушбу пул маблағини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
Кўчирилган фаластинлик эркак Ғазода АҚШ қўллаб-қувватлайдиган янги ёрдам тизими доирасида ёрдам сўраб келган одамларнинг тартибсиз ҳолатини тасвирлаб берди.
АҚШ Ҳарбий-ҳаво кучлари буюртмасига кўра тайёрланган Ранд корпорациясининг янги таҳлилий ҳисоботида НАТО ва Россия ўртасидаги эҳтимолий ҳарбий тўқнашувнинг бориши башорат қилинган.
АҚШ Ҳарбий-ҳаво кучлари буюртмасига кўра тайёрланган Ранд корпорациясининг янги таҳлилий ҳисоботида НАТО ва Россия ўртасидаги эҳтимолий ҳарбий тўқнашувнинг бориши башорат қилинган.
Тегишли лицензия ва рухсатномаларсиз заргарлик буюмлари савдоси билан шуғулланаётган мазкур шахсга тегишли автотранспорт воситаси кўздан кечирилганида эса яна 359 дона заргарлик буюмлари борлиги аниқланди.
АҚШ илгари уранни бойитишни бутунлай тўхтатишни талаб қилган эди, чунки у ядро қуроли яратишда ишлатилишидан хавотирда эди. Теҳрон эса бу айбловларни бир неча бор рад этган.
27 май куни кечқурун у Аргентинага ташриф буюрди. Музокара давомида Милей ва Кеннеди, жумладан, "сиёсат ва коррупциядан холи бўлган" Жаҳон Соғлиқни Сақлаш Ташкилотига муқобил ташкилот яратиш масаласини муҳокама қилди.
Россия Германиянинг Украина учун ракеталар учиш масофаси бўйича чекловларни бекор қилгани ҳақидаги маълумотларни текширади. Лавровнинг айтишича, Германия тўғридан-тўғри урушга аралашмоқда.
USGS вакили Сара Минсоннинг сўзларига кўра, Сан-Францискода 2055 йилгача Big One деб аталаётган кучли зилзиланинг содир бўлиш эҳтимоллиги 72 фоизга етган.