Adliya vazirligi O‘zbekiston gerbi va bayrog‘i tasvirlangan oyoq kiyimini «davlat ramzlariga hurmatsizlik» deb baholadi

Adliya vazirligi O‘zbekiston gerbi va bayrog‘i tasvirlangan oyoq kiyimini «davlat ramzlariga hurmatsizlik» deb baholadi

Mazkur holat yuzasidan Adliya vazirligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat «O‘zbekistonning davlat ramzlari — bayroq va gerbga nisbatan hurmatsizlik» hisoblanadi.

Toshkent adliya boshqarmasi poytaxtdagi davlat organlarida davlat ramzlaridan foydalanishda 363 ta qonunbuzilish holatlarini aniqlagan.

Shuningdek, 55 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, 18 ta huquqbuzar ma’muriy ravishda ogohlantirilgan, 9 nafar mansabdor shaxsga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, turli onlayn do‘konlarda boshqa davlat bayroqlari aks etgan poyabzal suratlarini ko‘rish mumkin.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/uz/2021/07/29/about-wear/?utm_source=push&utm_medium=telegram


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!