Prezidentning tegishli qarori bilan Nu’mon Usmonovich Muxammadiyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Nu’mon Muxammadiyev 1982 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2024 yilda "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan.
Mehnat faoliyatini 2004 yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi katta maslahatchi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada yetakchi va bosh maslahatchi bo‘lgan. 2009–2013 yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettirgan.
2016–2023 yillarda Adliya vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Shu jumladan, Adliya vazirligi Davlat xizmatlari ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i hamda Davlat xizmatlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Tayinlovga qadar (2023 yildan) Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Путин Трампнинг Россия ва Украина энергетик инфратузилмасига зарба бермаслик бўйича 30 кунлик ўзаро келишув ғоясини қўллаб-қувватлади ва бу бўйича ҳарбийларга тегишли буйруқ берди.
Фазодаги тўққиз ойлик саргузаштдан сўнг, NASA астронавтлари Бутч Уилмор ва Суни Уилямс ниҳоят уйга қайтишмоқда. Улар Халқаро космик станцияда 8 кун ўрнига 9 ой қолиб кетишганди. Ҳаммасига техник носозликлар айбдор.
«Манчестер Сити» ва Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов Transfermarkt портали томонидан 21 ёшгача бўлган энг истеъдодли 50 футболчи қаторига киритилди, деб хабар беради Sports.kz.
18 март куни АҚШ раҳбари Доналд Трамп ва Россия президенти Владимир Путин ўзаро телефон мулоқоти ўтказди. ОАВда уларнинг икки соатдан ошиқ давом этган суҳбатининг айрим тафсилотлари пайдо бўлди.