Abror Muxtor Aliyning ma’ruzalari bo‘yicha aholiga ogohlantirish berildi

Abror Muxtor Aliyning ma’ruzalari bo‘yicha aholiga ogohlantirish berildi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Abror Muxtor Aliyning “ayollar uradigan erkaklarni yoqtirishi” haqidagi ma’ruzasi tarqalgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi Matbuot xizmati holat yuzasidan ogohlantirish berdi. 

Unda O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi Matbuot xizmatida o‘rindoshlik asosida faoliyat yurituvchi Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov)ning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan chiqishlarini muallifning shaxsiy qarashlari sifatida qabul qilinishi so‘ralgan.

“Texnik nuqtai nazardan ekspertizaga muhtoj va ko‘rinishidan bayonotning bir qismi bo‘lgan chiqishda aytilgan fikrlar ham diniy, ham dunyoviy tomondan keskin tanqidga loyiq”, deyiladi xabarda. 

Matbuot xizmatiga ma’lum qilinishicha, Abror Muxtor Aliy o‘z chiqishiga izoh bergan va ayollardan uzr so‘ragan. Unga bundan buyon chiqishlari mavzusiga va mazmuniga alohida e’tibor berish tavsiya qilingan.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!