Abduqodir Husanov 65 daqiqa o‘ynagan bahsda "Manchester Siti" "Bayer"ga yutqazdi (VIDEO)
"Manchester Siti" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 5-turidan o‘rin olgan "Bayer"ga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchradi - 0:2. O‘yin Angliyadagi "Etihad" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 23-daqiqasida nemis jamoasi himoyachisi Aleks Grimaldo hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Patrik Shik leverkuzenliklarning ikkinchi golini urdi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 65 daqiqa o‘ynadi.
"Bayer" ochkolarini 8taga yetkazib, 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Manchester Siti" esa 6-pog‘onaga tushib ketdi - 10 ochko.
ECHL. 5-tur
26 noyabr, 01:00
Manchester Siti - Bayer - 0:2
Gollar: Grimaldo, 23 (0:1). Shik, 54 (0:2)
Manchester Siti: Trafford, Stouns, Ake, Ait Nuri (O`Rayli, 46), Husanov (Xoland, 65), Gonsales, Lyuis (Doku, 46), Reynders, Savio, Bobb (Foden, 46), Marmush (Sherki, 65)
Bayer: Flekken, Bade, Belosyan, Kuansa, Garsiya, Maza, Grimaldo, Poku, Tillman, Kofane (Tella, 82), Shik
Ogohlantirishlar: Grimaldo, 60. Kofane, 78
